Nyukasl xalqaro sportlar markazi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Hunter stadioni Avstraliyaning Nyukasl shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadiondir. Stadion Newcastle Knights regbi klubi va Newcastle Jets FC futbol klublarining uy stadioni hisoblanadi. Stadionga Yangi Janubiy Uels (New South Wales) hukumati egalik qiladi, hamda, Hunter viloyati sport markazlari organi (Hunter Region Sporting Venues Authority) tomonidan boshqariladi. Homiylik maqsadlari tufayli stadion ilgari Marathon stadioni, EnergyAustralia stadioni va Ausgrid stadioni deb nomlangan. AFC musobaqalarini oʻtkazib boshlagandan keyin, sponsorlik maqsadlar tufayli, Nyukasl xalqaro sportlar markazi, shuningdek, Nyukasl stadioni (Newcastle Stadium) deb ham nomlana boshlandi.
Remove ads
Tarixi
Stadion qurilishi 1967-yilning 1-dekabrida boshlangan va 1970-yilning 10-aprelida qirolicha Elizaveta II tomonidan ochilgan. Stadion aslida Xalqaro sportlar markazi deb nomlangan va hozir ham Xalqaro sportlar markazi kompleksining bir qismidir. Stadion chim yuzasi oval shaklda boʻlgan edi, futbol, regbi va kriket sport turlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan.
The Knights regbi klubi stadionni 1986-yili ijaraga oladi va stadion yuzini oval shakldan toʻrtburchak shaklga oʻzgartiradi. 1988-yildagi Great Britain Lions regbi turniri davomida klub oʻsha mavsumda ilk bora maydondan uy stadioni vazifasida foydalanadi.
1992-yili mahalliy shina magazini Marathon Tyres homiy boʻlganligi sababli, stadionning nomini oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi va stadion Marathon stadioni deb qayta nomlanadi. 2001-yilning oxirlariga kelib, energiya yetkazib beruvchi EnergyAustralia kompaniyasi homiy boʻlganligi sababli stadionga EnergyAustralia stadioni deb nom beriladi. EnergyAustralia kompaniyasining nomi Ausgridga oʻzgargandan keyin 2011-yili stadion nomi Ausgrid stadioniga oʻzgartiriladi.[1]
Stadion qayta qurilishidan oldin uning hajmi 28,000 shuningdek asosiy sektorda 5000ta oʻrin boʻlgan. 1995-yili iyul oyida boʻlib oʻtgan The Knights regbi klubi va Manly-Warringah Sea Eagles regbi klublari oʻrtasidagi uchrashuvida, staion tarixida rekord darajada eng koʻp 32,642 tomoshabin kirishgan. Keyinchalik, stadionda tomoshabinlarning havfsizligi uchun, uning hajmi qisqartirilgan.
Australian Broadcasting Corporation kompaniyasi, FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi stadionning avvalgi nomi (Nyukasl xalqaro sportlar markazi Newcastle International Sports Centre) berilishini soʻragan va homiy kompaniyalar stadion nomini oʻzgartirib reklama qilmasliklarini taʼkidlab oʻtishgan.

Remove ads
AFC Osiyo kubogi 2015
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads