Nasaf (futbol klubi)

futbol klubi From Wikipedia, the free encyclopedia

Nasaf (futbol klubi)
Remove ads

Nasaf – Qarshi shahrining (Qashqadaryo viloyati) futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. Klub „ajdarlar“ laqabi bilan ham mashhur. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Super Ligasi qatnashchisi[1]. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Super Ligasida 1 marta va Oʻzbekiston kubogida 4 marta golib boʻlgan.

Qisqa faktlar Musobaqasi, Mavsumi ...
Remove ads

Tarixi

Jamoa nomi

  • 1986—1991: Geolog
  • 1992: Paxtachi
  • 1993—1995: Nasaf FK
  • 1996: Dinamo-Nasaf
  • 1996—h.v.: Nasaf FK

Tarix

„Nasaf“ jamoasi 1986-yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.

1994-yilda Qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ikki yil oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg Qahhorovlar harakat qilishgan. 1997-yili „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ jamoasiga boʻshatib bergan. Bungacha birinchi ligada Qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelgan. „Mashʼal“ esa birinchi ligada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi. Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997-yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ klubining oliy ligadagi ishtiroki boshlangan. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.[2]

1998-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yuqorilashda davom etdi. „Andijon“ jamoasidan qabul qilingan (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan. Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib yetib kelgan. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija – 11-oʻrin bilan yakunlagan. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“ „Paxtakor“ jamoalarini magʻlubiyatga uchratdi. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat toʻpurarlari bahsida jamoasi singari „bronza“ pogʻonani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92-marta ishgʻol etgan boʻlsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini olidi.

2001—2002-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida mamlakat sharafini himoya qildi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga qarshilik koʻrsatishdi. Qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).

2003—2004-yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetgan. 2005-yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga oldi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006-yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritgan.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsa-da, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007-yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi. 2008-yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9-oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.

Thumb
Persepolis va Nasaf uchrashuvi

2009-yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi[3]. 2010-yilda esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi. Unga Ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994–1995-yilda tugʻilganlar) oʻz tengqurlari orasida 2010-yili mamlakat chempioniga aylandi.

2011-yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan boʻldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yoʻla uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, Oʻzbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qoʻyildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qoʻl ostida qarshilik futbolchilar 2011-yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qoʻlga kiritishdi.

„Nasaf“ 2012-yilgi futbol mavsumini yangi murabbiy qoʻl ostida boshladi. Jamoada ancha yillar toʻp surgan va jamoaning haqiqiy yetakchisi hamda keyingi uch yilda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Roʻziqul Berdiyev boshqaruviga oʻtdi. Roʻziqul Berdiyev mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Shu yili jamoa chempionatni 4-pogʻonada yakunladi. Oʻzbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga magʻlub boʻldi.

2013-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan klub mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili yana bronza sovrini sohibiga va oʻz tarixida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yutqazdi (2:1). Shu yilgi mavsum yakuni boʻyicha Roʻziqul Berdiyev eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasi boʻyicha yil laureatiga aylandi. Osiyo chempionlar ligasini pley-off bosqichida boshlaydigan boʻldi.

2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi omadsiz yakunlandi. Qatarning „Al-Jaish“ klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy eʼtiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada „Nasaf“ oʻz tarixida sakkizinchi marotaba bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi futbol mavsumi klubimiz tarixida oʻchmas iz qoldiradigan boʻldi. Yaʼni „Nasaf“ oʻz tarixida beshinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17-oktyabr kuni Jizzax shahrida oʻtkazilgan final uchrashuvida Toshkentning „Bunyodkor“ klubini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni boʻyicha toʻqqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.

2016-yilgi futbol mavsumi ham jamoamiz uchun omadli boshlandi. „Nasaf“ klubi 2016-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi „Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida amaldagi mamlakat chempioni – „Paxtakor“ jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi.

2017-yilgi mavsumda „Nasaf“ oʻz tarixida ikkinchi bor kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu orqali OCHL-2018 musobaqasini pley-off bosqichidan boshlaydigan boʻldi. Roʻziqul Berdiyev uchinchi marta OʻFF tomonidan „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ sifatida eʼtirof etildi.

Jamoamiz 2018—2019-yillardagi pasayishdan soʻng[4] 2020-yilgi futbol mavsumini kutilganidan ancha yuqori ruhda oʻtkazdi va yakunda oʻz tarixida uchinchi bor kumush medalini oldi. Roʻziqul Berdiyev oʻz murabbiylik faoliyati davomida toʻrtinchi bor Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Roʻziqul Berdiyev ushbu sovrinlarning barchasini aynan „Nasaf“ bilan qoʻlga kiritgan. 2020-yilda oʻrinbosarlar jamoasi ham sovrinli oʻrinlardan joy oldi va chempionatning bronza medallari bilan taqdirlandi. „Nasaf“ U-18 jamoasi esa qatorasiga uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda jamoa 10 yillik tanaffusdan soʻng yana OFK Kubogida ishtirok etdi. Jamoa yosh boʻlishiga qaramasdan OFK Kubogi finaligacha yetib bordi. Bahraynda boʻlib oʻtgan final uchrashuvida „Al Muharraq“ jamoasiga magʻlub boʻldi. Joriy mavsumda 41 rasmiy uchrashuv oʻtkazgan jamoa sovrinsiz qolmadi. Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi finalida oʻzlarining ashaddiy raqiblaridan biri boʻlgan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda bir kishi kam boʻlib qolgan jamoa 1:2 hisobida gʻalaba qozondi[5].

2023 va 2024-yilgi Oʻzbekiston chempionati

Oʻzbekiston Superligasi 2023—2024-yilgi mavsumini Nasaf jamoasi 4-aprel kuni Qarshi markaziy stadionida „Andijon“ klubiga qarshi bahs bilan boshladi. Oʻyin andijonliklarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[6]. Superliga 2-turini Qarshi jamoasi Toshkentning „Turon“ jamoasiga Qarshi oʻtkazgan. Qashqadaryoda boʻlgan oʻyinda Qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[7]. Superliganing 3-tur uchrashuvida Nasaf Buxoro klubi mehmoni boʻlgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[8]. 4-tur oʻyinida Qizilqum mehmoni boʻlgan qarshiliklar 1:1 hisobidagi oʻyin bilan tugadi[9]. Beshinchi turda Nasaf futbolchilari Surxon jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Superliganing oltinchi tur bahsida Bunyodkor mehmoni boʻlgan Nasaf jamoasi 1:1 hisobidagi durrang natijani qayd etishdi[11]. Superliganing yettinchi tur bahsida Olimpik jamoasini qabul qilib 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba erishishgan[12]. Toʻqqizinchi tur bahsida qarshliklar Navbahor futbol klubi bilan bahslashgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan[13]. Oʻninchi tur bahsida Metallurg jamoasini 2:1 hisboda magʻlubiyatga uchratishgan[14]. Oʻn ikkinchi turda Soʻgʻdiyona mehmoni boʻlgan qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[15]. Superliganing oʻn uchinchi turida Toshkentning OKMK klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[16]. Oʻn toʻrtinchi tur bahsida nasaf jamoasi Andijon mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlangan[17]. Superliganing oʻn beshinchi tur bahsida Qarshi jamoasi Turnon futbol klubiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Keyingi turni Qarshining Nasaf jamoasi oʻz uy stadionida Buxoro futbol klubiga qarshi oʻtkzilishi rejalashtirilgan.

Qaydlari

Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi – Roʻziqul Berdiyev (314 marotaba).

Jamoaning eng yaxshi toʻpurari – Zafar Xolmurodov (181 ta gol).

Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi – Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).

Eng yirik gʻalabasi – 7:0 („Metallurg Bekobod“, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil).Eng yirik magʻlubiyati – 0:6 („Andijon“, 1998-yil).

Stadion

Qarshi „Markaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan.

„Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistonda klublar oʻrtasida birinchi xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2006-yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan. Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.

Ichki oʻyinlar tarixi

Batafsil maʼlumot Mavsum, Liga ...


Remove ads

Xalqaro maydondagi oʻyinlar

Thumb
2018-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida Persepolisga qarshi maydonga tushgan Nasaf futbolchilari
Xalqaro maydondagi barcha natijalar 2024-yil 21-fevral xolatiga koʻra toʻgʻri
Batafsil maʼlumot Musobaqa, Oʻ ...
Batafsil maʼlumot Mavsum, Musobaqa ...
Remove ads

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1)
    • 2024
  • „Halol oʻyin uchun“ sovrini sohibi.
    • 2011, 2022

Texnik xodimlar

Murabbiylar shtabi

Batafsil maʼlumot Lavozim, Ism ...

U21 jamoasi Murabbiylar shtabi

Batafsil maʼlumot Lavozim, Ism ...
Remove ads

Boshqaruv

Batafsil maʼlumot Lavozim, Ism ...

Futbolchilar

Birinchi jamoa tarkibi

2025-yil 11-avgust holatiga koʻra[21]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

U21 jamoasi tarkibi

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot R., Poz. ...

U19 jamoasi tarkibi

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot R., Poz. ...

Ijaraga berilgan futbolchilar

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot R., Poz. ...
Remove ads

Bosh murabbiylari tarixi

Batafsil maʼlumot Ismi sharifi, Faoliyati davri ...

Mashhur futbolchilar

Remove ads

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads