Olivia d'Abo

britaniyalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia

Olivia d'Abo
Remove ads

Olivia Jane d’Abo (talaffuzi: Oliviya Jeyn Dabu; 22-yanvar, 1969-yil, London, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa va qo'shiqchi. U ABC telekanalida efirga uzatilgan The Wonder Years (1988—1993) komedik drama teleserialidagi Kevin Arnoldning isyonkor oʻspirin hippi singlisi Karen Arnold roli, Law & Order: Criminal Intent filmidagi serial qotil Nicole Wallace roli, The Single Guy (1995—1997)dagi Marie Blake hamda The Legend of Tarzan (2001—2003) filmidagi Jane Porter rollari orqali tanilgan. Uning filmdagi chiqishlari orasida Conan the Destroyer (1984) va Bank Robber (1993) filmlaridagi rollari mavjud.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Yoshligi va taʼlim olishi

D’Abo 1969-yil 22-yanvar sanasida Londonda, angliyalik model va aktrisa Maggie London hamda asosan, 1960-yillarda faol boʻlgan va angliyalik qoʻshiqchi 60-yillar musiqiy guruhi Manfred Mann aʼzosi Mike d'Abolarning qizi boʻlib tugʻilgan[1].

Uning katta akasi, ikkita oʻgay ukasi va bir oʻgay singlisi bor: katta akasi Ben, kichik akasi Bruno va otasi tomonida kichigi egizaklar Ella va Louis (2007-yil iyulda tugʻilishgan).

Olivia va Ben Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Los Angelesdagi Los Feliz Hills oʻrta maktabida (sobiq Apple maktabi) oʻqishgan hamda d’Abo Los Angelesdagi Pacoima kichik oʻrta maktabida oʻqigan.

U otasining amakivachchasi Maryam d'Aboning (1960-yilda tugʻilgan)[2] 1987-yilda James Bondning The Living Daylights filmidagi Kara Milovy roli bilan tanilgan aktrisa. Olivia hamda Maryam Olivia 19 yoshligida Los Angelesda birga uy sotib olishadi[3].

Remove ads

Faoliyati

Aktyorlik

D’Aboning filmlardagi debyuti 1984-yil 29-iyun kuni ekranga chiqarilgan Conan the Destroyer filmidagi malika Jehnnaning ikkinchi plandagi roli boʻlgan. Ikki oy oʻtgach, u Bolero (1984) filmida dehqon qiz Palomaning yordamchi rolida paydo boʻladi.

D’Abo shouning 1988-yildan 1991-yilgacha boʻlgan birinchi toʻrt faslida ABC telekanalining The Wonder Years komedik dramatik serialida Karen Arnold rolini oʻynagan va shouning soʻnggi ikki mavsumida ikkita mehmon yulduzi ishtirok etgan. 1992-yilda u Star Trek: The Next Generation serialining True Q nomli epizodida Amanda Rogers rolida mehmon sifatida ishtirok etdi.

Musiqiy

D’Abo qo'shiqchi, qoʻshiqnavis, gitarachi va pianinochidir. U turli saundtreklarga bastalagan va ijro etgan. Uning „Broken“ singli Loving Annabelle filmida ijro etilgan. Aktrisaning debyut albomi No TVda 2008-yil iyul oyida chiqqandi[4].

U, shuningdek, Julian Lennonning Help Yourself[5] qoʻshigʻi uchun back-vokal va Sealning „Broken“ qoʻshigʻi bilan duet ijro etadi. Shuningdek, u italiyalik qoʻshiqchi Laura Pausini bilan birgalikda Pausinining ingliz tilidagi From the Inside debyut albomida „Love Comes from the Inside“ qoʻshigʻini ham yozgan.

Remove ads

Shaxsiy hayoti

U ilgari qoʻshiqchi Julian Lennon bilan unashtirilgan edi; ular 1992-yilda ajralishadi[6].

Uning Oliver William d’Abo (1995-yilda tugʻilgan) ismli bir oʻgʻli bor va 2002-yildan 2012-yilgacha qoʻshiq muallifi va musiqa produseri Patrick Leonard bilan turmush qurgan[7].

Filmografiyasi

Filmlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Televizion rollari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...

Videooʻyinlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Teatr sahnalarida

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads