Pavel Leus

From Wikipedia, the free encyclopedia

Pavel Leus
Remove ads

Pavelas Andreevich Leusas (1978-yil 15-sentabrda Vilnyusda tugʻilgan) — litvalik professional futbol darvozaboni, Oʻzbekiston chempionatining Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

U oʻz faoliyatini 1995-yilda litvalik Alsy va Paneris jamoalarida bilan boshlagan. 1998-yilda u „Zalgiris“ga koʻchib oʻtdi. U 2000-yilgacha Litva futbolining grandi uchun oʻynagan. Bu vaqt ichida Leus 67 uchrashuvda maydonga tushdi. 2001-yilni Polshaning „Vistula“ tarkibida oʻtkazdi.[1] 2001—2003-yillarda u yana „Zalgiris“ va Rossiyaning „Fakel“ jamoalarida oʻynadi.

2004-yildan Qozogʻistonning „Olma-Ota“ va Litvaning „Vilnyus“ klublarida oʻynagan.[2] 2008-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubiga oʻtdi. 2009-yilda u Oʻzbekistonning boshqa klubi — „Shoʻrtan“ ga oʻtdi. 2009—2010-yillarda Finlandiyaning „Atlantis“ va „Jalgiris“ klublarida oʻynagan. 2011-yili Oʻzbekistonga qaytib „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Leus ham keyingi ikki mavsumni Oʻzbekistonda oʻtkazdi va „Qizilqum“, „Shoʻrtan“ va „Navbahor“ klublarida oʻynadi. 2014-yilda Litvaga qaytib „Uetinis“ klubiga qoʻshildi.[3]


Remove ads

Milliy terma jamoa

Leusas 1998-yildan 2001-yilgacha Litva milliy futbol jamoasi tarkibida sakkizta oʻyinda maydonga tushgan.[4]

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads