Poʻlatxoʻja Xoldorxonov

oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi hujumchisi From Wikipedia, the free encyclopedia

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov
Remove ads

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynaydi. 2023-yilgi 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi.

Vikipediyada ismi Poʻlatxoʻja va familiyasi Xoldorxonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Tavallud sanasi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Ilk yillari

Poʻlatxoʻja 2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. Poʻlatxoʻja Xoldorxonovning transfermarktdagi narxi 250 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).[1]

Paxtakor safida

Xoldorxonov 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 11ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston superligasida 7 ta, Osiyo chempionlar ligasida 1 ta oʻyin oʻtqazadi OChL tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi (Paxtakor – Al-Quva).

2022-yilgi mavsum

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2022-yilgi mavsumda Olimpik safida Oʻzbekiston superligasida 21 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta va oʻrinbosarlar tarkibida 15 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobga 17 ta gol kiritdi.[2][3]

Terma jamoadagi faoliyati

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2022-yil 26-fevralida AGMK jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Ravshan Haydarov tomonidan jalb etildi va bu oʻyinda gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.

Remove ads

Faoliyat statistikasi

Klub safidagi statistikasi

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Paxtakor 2021-yil Superliga 7 0 0 0 1 1 7 1
2022-yil Superliga 21 4 2 0 - - 23 4
Jami 28 4 2 0 1 1 30 5

Terma jamoada

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Oʻyinlar Gollar
2022-yil 4 4
2023-yil 14 2
Jami 18 6
Remove ads

Yutuqlari

Paxtakor

Oʻzbekiston U20

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads