Qirgʻiz tili

From Wikipedia, the free encyclopedia

Qirgʻiz tili
Remove ads

Qirgʻiz tili (кыргыз тили, قىرعىز تئلى) Qirgʻizistonda davlat tili, turkiy til (qipchoq tili guruhiga mansub). Qirgʻiz tilida 5 million kishi muloqot qiladi, koʻpchiligi Qirg'iziston hududida istiqomat qiladigan etnik qirgʻizlardir.

Qisqa faktlar Milliy nomi, Mamlakatlar ...

Qirgʻiz tiliturkiy tillarning qirgʻiz-qipchoq guruhiga mansub tillardan, Qirgʻiziston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qirgʻi-zistonda, shuningdek. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Xitoy, Afgʻoniston, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va boshqa Hududlarda tarqalgan. Qirgʻiz tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,5 mln. kishidan, Qirgʻizistonning oʻzida 2 mln. 330 ming kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qirgʻiz tili 2 ta: shim. va jan. lahja guruhlariga boʻlinib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida oʻzaro farqlanadi; ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Janubiy lahjaga oʻzbek tilining taʼsiri kuchli.

Ql.ning fonetik xususiyatlari: 8 ta qisqa unli fonemaga qarama-qarshi 8 ta choʻziq unlining mavjudligi, singarmonizmning izchil saqlanishi. soʻz boshida j (jon soʻzidagi) undoshining (boshqa turkiy tillardi y yoki j) qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilari boshqa turkiy tillardagiga oʻxshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning fonetik variantlari koʻp. Qirgʻiz adabiy tili shim. lahja asosida shakllangan boʻlib, uning leksikasida sof qirgʻizcha va turkiy soʻzlar qatlamidan tashqari moʻgʻul, rus, arab va eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham mavjud.

Qirgʻiz milliy yozuvi dastlab, 1924-yilda arab alifbosi asosida, 1926-yildan lotin grafikasi asosida yaratilgan; 1940-yildan esa rus grafikasi asosidagi qirgʻiz yozuvi joriy etilgan.

Ad. Yunusaliyev B. M., Kirgizskaya leksikologiya, Frunze, 1959; Batmanov I.A., Sovremenniy kirgizskiy yazik, vip. 1, Frunze, 1963; Baskakov N. A.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Kirgizsko-russkiy slovar (sost. K.K.Yudaxin), M„ 1965.

Qirgʻiz tili 1924—1927-yillarda arab alifbosida asosida yozilgan. 1927—1941-yillarda esa lotin alifbosiga asoslangan. 1935-yillarda qirgʻiz tilining alifbosini kirill alifbosiga oʻtkazish haqida birmuncha muzokarakar boʻlgan va 1941 yidan kirill alifbosiga oʻtgan.

Remove ads

Tarixi

Alifbosi

Qirg'iz alifbosi
Кириллица алфавити Аты Араб алфавити[1] Латын алфавити Латын алфавити
(1928—1940)
IPA
А ааاA aA a/ɑ/
Б ббеبB bB в/b/, [w], [v]
В ввеۋV vV v/v/
Г г (Ғ ғ)геگ
ع*
G gG g, Ƣ ƣ/ɡ/ [ʁ]
Д ддеدD dD d/d/
Е еeهE eE e/je/, /e/
Ё ёёيوYo yoYo yo/jo/
Ж жжеجJ jÇ ç (Ƶ ƶ 1938-1940)/dʒ/
З ззеزZ zZ z/z/
И ииىİ iI i/i/
Й йийيY yJ j/j/
К к (Қ қ)кaك
ق*
K kK k, Q q/k/, [q], [χ]
Л лэлلL lL l/l/
М мэмمM mM m/m/
Н нэнنN nN n/n/
Ң ңыңڭÑ ñŊ ŋ/ŋ/
О ооوO oO o/o/
Ө өөۅÖ öƟ ɵ/ø/
П ппeپP pP p/p/
Р рэрرR rR r/r/
С сэсسS sS s/s/
Т ттеتT tT t/t/
У ууۇU uU u/u/
Ү үүۉÜ üY y/y/
Ф фэфفF fF f/f/
Х ххаحH hX x (H h 1928-1938)[χ] /k/
Ц ццеتسC cTs ts/ts/
Ч ччеچÇ çC c/tʃ
Ш шшаشŞ şŞ ş/ʃ/
Щ щща-Şç şçŞc şc/ʃtʃ/, /ʃː/
Ъ ъажыратуу белгиси----
Ы ыыىİ iЬ ь/ɯ/
Ь ьичкертүү белгиси----
Э ээهÉ éE e/e/
Ю ююيۋYu yuYu yu/ju/, /jy/
Я яяياYa yaYa ya/ja/, /jɑ/
  • К ك + а, о, у, ы => ق
  • Г گ + а, о, у, ы => ع
Remove ads

O'rhun Enasoy alifbosi

Batafsil maʼlumot Колдонуу, Тамгалар ...

Yoqut, qirgʻiz va hozirgi zamon turk tilidagi soʻzlarning oʻxshashligi

Турк тили Қирғиз тили Ёқут тили
yıl жыл сыл
yağmur жамгыр самыыр
yaka жака саҕа
yalamak жалоо салаа
yaş жаш саас
yaştaş жашташ саастас
yat жат сыт
yedi жети сэттэ
yel жел сиэл
yeni жаңы саҥа
yeniden жаңыдан саҥаттан
yer жер сир
yumak жуу сууй
yıldız жылдыз сулус
yirmi жыйырма сүүрбэ
yok жок суох
yol жол суол
yumurta жумуртка сымыыт
yumuşak жумшак сымнаҕас
yüz жүз сүүс

Kelishiklar

Qirgʻiz tilida 6 ta kelishik bor.

Batafsil maʼlumot Kelishiklar, Kelishik koʻrsatkichlari ...
Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads