Turkiy tillar

From Wikipedia, the free encyclopedia

Turkiy tillar
Remove ads

Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.

Thumb
Turkli tillar

Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.

Remove ads

Umumiy maʼlumot

Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qadim zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida qolmoqda.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Janubiy.

Sharqiy Osiyo, Janubiy va Gʻarbiy Sibir, Volga-Kama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Kavkazorti va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qadimdan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xil. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Masalan, V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shimoliy-sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); oltoy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyi-uraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); janubiy-gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalqlar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va lahjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u koʻpchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.

Turkiy tillar oilasi uchun xos boʻlgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.

Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yuqoridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor.

Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shimoliy Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalqlarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.[1]

Remove ads

Turkiy tillar orasidagi oʻxshashliklar

Batafsil maʼlumot Tillar, Yozilishi ...
Batafsil maʼlumot Tillar, Yozilishi ...
Batafsil maʼlumot Eski Turkiy, Oʻzbekcha ...
Batafsil maʼlumot Shaxs tuslanishi, Oʻzbek ...
Remove ads

Klassifikatsiyasi

Turkiy tillar Bulgar guruhcha Chuvash tili
Qarluq guruhcha Oʻzbek tili
Uygʻur tili
Qipchoq guruhcha Boshqird tili
Qozoq tili
Qaraim tili
Qoraqalpoq tili
Qorachoy-Bolqor tili
Qo'miq tili
Noʻgʻoy tili
Tatar tili
Oʻgʻuz guruhcha Ozarbayjon tili
Gagauz tili
Turk tili
Turkman tili
Qirgʻiz-qipchoq guruhcha Oltoy tili
Qirgʻiz tili
Uygʻur guruhcha Tuva tili
Xakas tili
Shor tili
Yoqut tili

Turkiy Tillar Bo'yicha Ilmiy Ishlar

Turkiya, qadimiy turk madaniyati va tilining muhim markazi sifatida, turk dunyosining turli geografiyalarida so'zlashiladigan tillarga oid muhim akademik tadqiqotlarga mezbonlik qilgan. "Türk dilleri" yoki "Türk lehçeleri" sarlavhalari ostida to'plangan bu tadqiqotlar, ham umumiy turk tilining boyligini namoyish etadi, hamda turli turkiy tillar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni ko'rsatib beradi.

Turkiyada turk lahjalari bo'yicha qilingan ilk keng qamrovli tadqiqotlardan biri, Ahmet Cevat Emrening 1949-yilda Turk Tili Tashkiloti (TDK) tomonidan nashr etilgan "Türk Lehçelerinin Mukayeseli Grameri" (Turk Lahjalarining Qiyosiy Grammatikasi) nomli asaridir. Bu ish, turli turk tillarining tilshunoslik tuzilmalarini qiyoslab, muhim asos tashkil qildi.

Keyinroq, 1950-yilda Saadet Çağatayning "Türk Lehçeleri Örnekleri" (Turk Lahjalari Namunalari) nomli asari, turli tillardan to'plangan matn namunalari bilan bu sohadagi tadqiqotlarga muhim hissa qo'shdi. Bu asarlar, keyingi nasl tadqiqotchilari uchun muhim manba bo'lib xizmat qildi.

1990-yillarda bu sohadagi tadqiqotlar yanada xilma-xil bo'ldi. Ahmet Bican Ercilasun va uning hamkasblarining 1991-yilda Madaniyat Vazirligi tomonidan nashr etilgan "Karşılaştırmalı Türk Lehçeleri Sözlüğü" (Qiyosiy Turk Lahjalari Lug'ati), turli turkiy tillardagi so'z boyligini birga to'plab, muhim ma'lumotnoma bo'ldi. Bu lug'atdan, bugungi kunda Turk Tili Tashkilotining rasmiy lug'at saytida onlayn tarzda foydalanish va turli turk tillaridagi so'zlarning ma'nolarini osongina topish mumkin.

Ayni davrda Timur Kocaoğlu va uning hamkasblari tomonidan tayyorlangan "Türk Dünyası Konuşma Kılavuzu" (Turk Dunyosi So'zlashuv Qo'llanmasi) (1992), amaliy yondashuv bilan turli turkiy tillarda ishlatiladigan asosiy iboralarni birga to'plab, turk dunyosi o'rtasidagi aloqani osonlashtirishni maqsad qilgan.

2000-yillarda ham bu sohadagi akademik tadqiqotlar susaymadi. Ahmet Buranning "Çağdaş Türk Lehçeleri" (Hozirgi Zamonaviy Turk Lahjalari) (2001), Nami Ardakoç va uning hamkasblarining "Modern Türk Dilleri Seyahat ve Konuşma Kılavuzu" (Zamonaviy Turk Tillari Sayohat va So'zlashuv Qo'llanmasi) (2005) va Ahmet Bican Ercilasun va uning hamkasblarining "Türk Lehçeleri Grameri" (Turk Lahjalari Grammatikasi) (2007) kabi asarlar, sohadagi bilimlar bazasini dolzarb qilib turibdi. Talat Tekinning "Türk Dilleri -Giriş-" (Turk Tillari - Kirish) (1999) nomli asari esa, Turk tillarining umumiy doirasini taqdim etib, mavzuga kirishmoqchi bo'lganlar uchun muhim manbadir.

Pamukkale Universitetidan Günsel Barış tomonidan tayyorlangan PAÜ ÇTLE nomli veb-saytda ham turli turk tillarining lug'atlari va hatto so'z o'rganishga qaratilgan qiziqarli o'yinlar onlayn tarzda taqdim etiladi.

Turkiyada turk lahjalari bo'yicha qilingan bu muhim tadqiqotlar, turk tilining umumiy ildizlarini va boy xilma-xilligini tushunishimizga katta hissa qo'shmoqda. O'tmishdan bugungi kungacha yetib kelgan bu akademik meros, bugungi kunda onlayn platformalar orqali kengroq auditoriyaga yetib bormoqda va turk dunyosi o'rtasidagi madaniy va til aloqalarining mustahkamlanishiga yordam bermoqda.

Remove ads

Yana qarang

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads