Radiohead
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Radiohead (talaffuzi: reydiyohed) 1985-yil Oksfordshirda asos solingan ingliz rok guruhidir. Guruh Thom Yorke (vokal, gitara, pianino, klavishlar); aka-uka Jonny Greenwood (gitara, klavishlar va boshqa musiqiy asboblar) va Colin Greenwood (bas); Ed OʻBrien (gitara, bek vokal); Phillip Selway (baraban, perkussionist) kabi musiqachilardan tashkil topgan. 1994-yildan buyon prodyuser Nigel Godrich va albomlar uchun kaver-surat chizuvchi rassom Stanley Donwood bilan hamkorlik qilib keladi.
Radiohead 1991-yil EMI leybli bilan shartnoma imzolab, 1993-yil Pablo Honey deb nomlangan ilk albomini taqdim etgan. "Creep" nomli ilk singli jahon miqyosidagi xitga aylangan. Guruhning mashhurligi 1995-yildagi The Bends albomi taqdim qilingandan soʻng tobora ortib bordi. Radioheadning uchinchi OK Computer (1997) albomi guruhga xalqaro mashhurlik keltirgan va oʻzining murakkab ijro uslubi hamda jamiyatdan uzoqlashuv mavzusidagi qoʻshiqlari sabab, albom zamonaviy musiqiy albomlar orasidagi eng yaxshilaridan biri deya tan olingan.
Radioheadning toʻrtinchi albomi Kid A (2000) oʻzining guruh uchun noodatiy jaranglashi bilan ajralib turadigan va elektron musiqa, jaz, klassik musiqa, kraut rok taʼsiri koʻproq seziladigan albom sifatida tanilgan. Tinglovchilar orasida Kid A haqidagi fikrlar turlicha boʻlsada, keyinchalik bir necha nashrlar tomonidan oʻn yillikning eng yaxshi albomi sifatida tan olingan. Keyingi albom Amnesiac (2001) ham oʻsha vaqt oraligʻida taqdim etilgan. Hail to the Thief (2003) guruhning rok va elektron musiqa jarangini birlashtirgan, oʻzining terrorizmga qarshi kurash haqidagi qoʻshiq matnlari va EMI leyblidagi soʻnggi albomi boʻlganligi bilan mashhurdir.
Guruh oʻzining yettinchi va leybl yordamisiz, mustaqil taqdim qilgan In Rainbows (2007) albomini musiqiy chartlarda yuqori oʻrinlarga chiqish uchun, muxlislar oʻzi narx belgilab internetdan yuklab oladigan shaklda eʼlon qiladi. Sakkizinchi albom The King of Limbs (2011) deb nomlanadi. A Moon Shaped Pool (2016) nomli toʻqqizinchi albom, guruh aʼzosi Jonny Greenwoodning orkestr cholgʻulashtirishi bilan taqdim etiladi. Guruh aʼzolari karyerasi davomida yakkaxon albomlar ham taqdim qilishgan; 2021-yil Thom Yorke va Jonny Greenwood yangi The Smile nomli guruhda debyut qilishdi.
Radiohead 2011-yil holatiga koʻra butun dunyoda 30 milliondan ortiq albom sotgan. Guruh hozirgi kungacha olti marta Grammy va toʻrt marta Ivor Novello mukofotlarini qoʻlga kiritib, Mercury Prize mukofotiga 5 marta nomzodi qoʻyilishiga muvaffaq boʻlgan. Radioheadning „Creep“ (1992), „Street Spirits (Fade Out)“ (1996), „Paranoid Android“ (1997), „Karma Police“ (1997), „No Surprises“ (1998), „Pyramid Song“ (2001) va „There There“ (2003) kabi yettita singli UK Singles Chartning top-10 taligiga kirgan. Rolling Stone jurnali guruhni tarixdagi eng buyuk 100 artist roʻyxatiga va guruhning beshta albomini Rolling Stone jurnali talqinidagi tarixdagi 500 eng buyuk albomlar roʻyxatiga qoʻshgan, jurnal muxlislari esa Radioheadni 2000-yillarning ikkinchi eng yaxshi ijrochilari deya tan olgan.
Remove ads
Tarixi
1985-1992: Shakllanishi va ilk yillar
Radiohead aʼzolari Oksfordshir grafligida Abingdon shaharchasida, Abingdon School nomli oʻgʻil bolalar taʼlimiga ixtisoslashgan xususiy maktabda tanishib qolishgan[15]. Thom Yorke va Colin Greenwood bir teng
Guruh tarkibi
- Thom Yorke — vokal, gitara, klavishlar, dasturlash
- Jonny Greenwood — solo-gitara, klavishlar, lab garmoshkasi, saksofon, organ, ksilofon, bandjo, ondes martenot, glonkenshpil va hokazolar.
- Ed OʻBrien — gitara, orqa vokal
- Colin Greenwood — bas gitara, klavishlar, perkussionist
- Phil Selway — baraban, perkussionist
Tom York (Thomas Edward Yorke) 1968-yil 7-oktyabrda tugʻilgan. Exeter University da oʻqigan (sanʼat, ingliz tili). Oldin Flickernoise guruhida ijod qilgan va „jinnixona“ da sanitar boʻlib ishlagan. R.E.M. guruhini sevib tinglaydi. Guruhning „miyasi“ hisoblanadi va qoʻshiq soʻzlarini u yozadi.
Djonni Grinvud (Jonathan Richard Guy Greenwood) 1971-yil 5-noyabrda tugʻilgan. Oksfordda oʻqigan (psihologiya). Pink Floyd, Canni yaxshi koʻradi. „Ok Computer“ albomidagi „The Tourist“ning avtori. Narkotiklarni va avtomobil haydashni yomon koʻradi.
Ed OʻBrayen (Edward John OʻBrien) 1968-yil 15-aprelda tugʻilgan. Manchesterda oʻqigan (iqtisodiyot). The Beatles, Molokolarni yaxshi koʻradi.
Kolin Grinvud (Colin Charles Greenwood) 1969-yil 26-iyunda tugʻilgan. Kembrijda oʻqigan (ingliz adabiyoti) Radioheaddan oldin peterhouseda ishlagan. R.E.M., Ennio Morriconeni yaxshi koʻradi.
Fil Seluey (Phillip James Selway) 1967-yil 23-mayda tugʻilgan. Liverpulda oʻqigan (tarih). Oldin ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Tricky, Supergrassni yaxshi koʻradi.
Remove ads
Diskografiyasi (1988—2006)
Studiyaviy albomlari
Singllari
- „Creep“ (1992)
- „Anyone Can Play Guitar“ (1993)
- „Pop Is Dead“ (1993)
- „Stop Whispering“ (1993)
- „My Iron Lung“ (1994)
- „High and Dry/Planet Telex“ (1994)
- „Fake Plastic Trees]]“ (1995)
- „Just]]“ (1995)
- „Street Spirit (Fade Out)“ (1996)
- „Paranoid Android“ (1997)
- „Karma Police“ (1997)
- „No Surprises“ (1998)
- „Pyramid Song“ (2001)
- „Knives Out“ (2001)
- „There There“ (2003)
- „Go to Sleep“ (2003)
- „2 + 2 = 5“ (2003)
Mini-albomlari
- „Drill“ (1992)
- „Itch“ (1994)
- „My Iron Lung (EP)|My Iron Lung“ (1994)
- „No Surprises/Running From Demons“ (1997)
- „Airbag/How Am I Driving?“ (1998)
- „I Might Be Wrong: Live Recordings“ (2001)
- „COM LAG (2plus2equalsfive)“ (2004)
Demolar
Solo
- „Bodysong“ — Jonni Grinvud albomi (2003)
- „The Eraser“ — Tom York albomi (2006)
- „Spitting Feathers“ — Tom York mini albomi (2006)
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads