Rodrygo

From Wikipedia, the free encyclopedia

Rodrygo
Remove ads

Rodrigo Silva de Goes 2001-yil 9-yanvarda tugʻilgan, Rodrigo nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi va Braziliya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...

U oʻz faoliyatini „Santos“da boshlagan, 2019 yilda Real Madridga 45 million yevriga transfer qilingunga qadar 80ta oʻyin oʻtkazib, 17 gol urgan. Xalqaro miqyosda Rodrigo Braziliya terma jamoasi safida 2019 yilda atigi 18 yoshida debyut qilgan.

Remove ads

Jamoalardagi faoliyati

Santos

San-Pauluning Osasko shahrida tugʻilgan Rodrigo 2011-yilda oʻn yoshida „Santos“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va dastlab futzal jamoasiga tayinlangan. 2017-yil mart oyida Peruda Libertadores kubogi uchun Sporting Kristalga qarshi oʻyin oldidan murabbiy Dorival Junior tomonidan asosiy jamoa mashgʻulotlariga chaqirildi[3].

2017-yilning 21-iyulida Rodrigo besh yillik shartnomaga rozilik bildirgach, oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[4]. 1-noyabrdan vaqtinchalik murabbiy Elano uni asosiy tarkibga kiritdi[5].

Rodrigo oʻzining birinchi jamoasi va A seriyadagi debyutini 2017+yilning 4-noyabrida „Atletiko Mineiro“ga qarshi mezbon 3:1 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda oʻtkazib, Bruno Henriquening oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[6]. 25-yanvarda birinchi golini urdi va „Ponte Preta“ga qarshi safarda „Kampeonato Paulista“ doirasidagi oʻyinda (2:1) soʻnggi daqiqada toʻp kiritib jamoasi gʻalabasini taʼmiladi[7].

Real Madrid

2018-yilning 15-iyunida „Real Madrid“ Rodrigoning transferi boʻyicha „Santos“ bilan kelishuvga erishdi, futbolchi 2019-yilning iyunida „Qaymoqranglilar“ safiga oʻtdi va 2025-yilgacha shartnoma imzoladi[8][9]. Mish-mishlarga koʻra, toʻlov 45 million yevroga teng edi,[10] Santos bu transferning 80 foizi yaʼni 40 million yevro oldi, chunki transfer huquqining qolgan qismi Rodrigoning agentlariga tegishli edi[11].

2019-yil 25-sentabrda Rodrigo madridliklar safidagi debyutini oʻtkazdi va atigi bir daqiqa ichida „Osasuna“ darvozasiga musobaqadagi ilk golini kiritdi[12]. 6-noyabr kuni 18 yosh-u 301 kunligida, UEFA Chempionlar Ligasi 2019-20 mavsumida Galatasaroyga qarshi oʻyinda (6:0) oʻzining birinchi va mukammal xet-trikiga erishib, bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi[13]. Shu orqali u mazkur musobaqada xet-trik qayd etgan ikkinchi eng yosh futbolchi, shuningdek, turnirda gol urgan 21-asrda tugʻilgan birinchi futbolchi boʻldi[14]. Realdagi debyut mavsumida 19ta oʻyin oʻtkazib, ikki marta raqiblar darvozasini ishgʻol qildi, „Real Madrid“ 2019-20 yilgi mavsumda La Ligada gʻolib chiqdi[15]. 2020-yil 3-noyabrda Rodrigo 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Inter“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda hal qiluvchi golga mualliflik qildi[16].

2022-yilning 12-aprelida UEFA Chempionlar ligasining 2021-22-yilgi mavsumi chorak finalida „Chelsi“ga qarshi javob oʻyinida zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va oʻyinni qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtishini taʼminladi. Ekstra taymlarda Karim Benzema tomonidan bosh bilan urilgan gʻalaba goli „Real Madrid“ga yarim final chiptasini naqd qildi[17]. 30-aprel kuni Rodrigo Bernabeuda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda (4:0) dubl qayd etdi va „Real“ 35-bor La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi[18]. 4-may kuni Chempionlar ligasi yarim finalida „Manchester Siti“ga qarshi javob oʻyinida jamoa 0:1 (umumiy hisobda 3:5) hisobida ortda qolayotganda maydonga tushib, 89- va 91-daqiqalardagi ikkita goli bilan hisobni tenglashtirdi va oʻyinni qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtkazdi. Ekstra taymda Benzema penaltini aniq amalga oshirib, 3:1 (umumiy 6:5) hisobida gʻalaba qozonildi va „Real Madrid“ „Liverpul“ga qarshi finalga yoʻl olib, yakunda turnirda gʻalaba qozondi[19][20]. „Siti“ga qarshi gʻalaba va boshqa soʻnggi daqiqalardagi gʻalabali hissalaridan soʻng, Rodrigoning yosh boʻlishiga qaramay, jamoaga taʼsiri maqtovga sazovor boʻldi va u tezda Madridda qahramonga aylandi[21].

Remove ads

Xalqaro maydonda

Thumb
Rodrigo 2020-yilda

2017-yil 30-mart kuni Rodrigo Braziliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga Montaigu turniriga chaqirildi[22]. U chempionatdagi debyutida Daniyaga qarshi oʻyinda (2:1) oʻz jamoasining yagona golini urdi va Kamerun hamda AQShga qarshi oʻyinda yana ikkita golga mualliflik qildi[23].

2018-yilning 7-martida Rodrigo va „Santos“dagi jamoadoshi Yuriy Alberto 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirildi [24], biroq olti kundan soʻng ikkalasi ham oʻz klubi prezidenti soʻrovidan soʻng jamoadan chetlashtirildi[25].

2019-yilning noyabr oyida Rodrigo Saudiya Arabistonining Riyod shahrida boʻlib oʻtgan Argentina terma jamoasiga qarshi Superklasiko de las Américasbirinchi marta Braziliya kattalar jamoasiga chaqirildi[26]. 15-noyabr kuni 1:0 hisobidagi magʻlubiyatda u soʻnggi 20 daqiqada Villian oʻrniga almashtirildi[27].

Remove ads

Shaxsiy hayot

Rodrigoning otasi Erik sobiq professional futbolchi hisoblanadi. Oʻng qanot himoyachisi, u Braziliya futbolining bir necha divizionlarida oʻynagan, ularning eng yuqorisi B Seriya edi [28].

Karyera statistikasi

Klub

2022-yil 28-may holatiga koʻra[29]
Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...

Xalqaro

match played 29 March 2022[29]
Batafsil maʼlumot Braziliya, Yil ...
Remove ads

Mukofotlar

Real Madrid

Individual

  • Campeonato Paulista eng yaxshi yangi kelgan: 2018[42]
  • Goal.com NxGN: 2020 [43]
  • IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi : 2020,[44] 2021[45]
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads