Roman Abramovich
rossiyalik oligarx va siyosatchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Roman Arkadyevich Abramovich (ruscha: Роман Аркадьевич Абрамович, ivritcha: רומן ארקדיביץ' אברמוביץ') – rossiyalik oligarx va siyosatchi[1]. Angliya Angliya Premyer-ligasi "Chelsi" futbol klubining sobiq egasi va Millhouse xususiy investitsiya kompaniyasining asosiy egasidir[2]. Rossiya, Isroil va Portugaliya fuqaroligiga ega[3][4].
Remove ads
Biografiyasi
Roman Arkadyevich Abramovich 1966-yil 24-oktyabrda Rossiya SFSRning Saratov shahrida tugʻilgan. Uning onasi Irina (1939—1967) musiqa oʻqituvchisi boʻlib, Abramovich bir yoshligida vafot etgan[5]. Uning otasi Aaron Abramovich Leybovich (1937−1969), asli yahudiy, Komi ASSR iqtisodiy kengashida ishlagan va Roman uch yoshligida vafot etgan[6][5][7]. Romanning onasi va buvisi Ukrainada tugʻilgan Vasiliy Mixaylenko va Faina Grutman edi. Saratovga Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlarida Romanning buvisi Ukrainadan qochib ketgan. Oʻshanda Irina uch yoshda edi[8]. Buvisi Toybe (Tatyana) Stepanovna Abramovich belarus yahudiylaridan edi[8]. Ular Belarusda yashagan va inqilobdan keyin familiyasining litvacha imlosi Abramavičius boʻlishi bilan Litvaga koʻchib oʻtdi[9][10][11].
1940-yilda Sovet Ittifoqi (SSSR) Litvani qoʻshib oldi. SSSRga fashistlar bostirib kirishidan bir oz oldin, Sovetlar butun oilalarni Sibirga joʻnatish bilan „antisovet, jinoiy va ijtimoiy xavfli elementlarni tozaladilar“. Abramovichning bobosi va buvisi deportatsiya qilinganda ajralishdi. Ota, onasi va bolalari – Leib, Abram va Aron (Arkadiy) turli lagerlarda edi. Deportatsiya qilinganlarning koʻpchiligi lagerlarda vafot etgan. Ular orasida Abramovichning bobosi ham bor edi. Nachman Leybovich 1942-yilda Krasnoyarsk oʻlkasining Resheti posyolkasidagi NKVD lagerida vafot etgan[12].
4 yoshida ikkala ota-onasidan ham ayrilgan Abramovich qarindoshlari qoʻlida tarbiyalangan va yoshligining katta qismini Rossiya shimolidagi Komi Respublikasida oʻtkazgan[13]. Abramovich Rossiya yahudiy jamoalari federatsiyasi raisi, Moskva yahudiy muzeyi vasiylaridan biri[14]. Abramovich Xolokostda oʻldirilgan Litva yahudiylari xotirasiga 25000ga yaqin yangi va tiklangan daraxtlardan iborat oʻrmon barpo etishga, har bir daraxtga nom berish va ularning nomini yodgorlikka kiritish orqali ajdodlarning xotirasini tiklashga qaror qildi. Litva yahudiylariga virtual yodgorlik yaratilgan[15].
Biznesi
Abramovich biznes olamiga armiyadagi xizmati paytida kirib kelgan[16]. U dastlab koʻchada savdogar, keyin esa mahalliy zavodda mexanik boʻlib ishlagan. Abramovich Moskvadagi Gubkin nomidagi neft va gaz institutida tahsil olgan, keyinroq Shveytsariyaning Runicom savdo firmasi uchun tovarlar savdosi bilan shugʻullangan[17][18].
1988-yilda qayta qurish Sovet Ittifoqida xususiylashtirish imkoniyatlarini yaratganligi sababli, Abramovich oʻzining eski biznesini qonuniylashtirish imkoniyatiga ega boʻldi[19]. U birinchi rafiqasi Olga bilan qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya tashkil qildi. Bir necha yil ichida neft konglomeratlaridan tortib, choʻchqachilik fermalarigacha tashkil qildi[20]. U yogʻoch, shakar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan savdo qilgan[21]. 1992-yilda davlat mulkini oʻgʻirlaganlikda ayblanib, hibsga olingan va qamalgan[22].
Ikki xil manbaga koʻra, Abramovich Berezovskiy bilan birinchi marta 1993-yilda rossiyalik tadbirkorlar bilan uchrashuvida tanishgan[23][24]. Berezovskiy va Abramovich beshta shoʻba korxonasi boʻlgan Runicom Ltd. offshor kompaniyasini roʻyxatdan oʻtkazishdi. Abramovich Shveytsariyaning Runicom SA kompaniyasining Moskvadagi filialini boshqargan. 1995-yil avgust oyida Boris Yeltsin Sibneftni yaratish toʻgʻrisida farmon chiqardi, Abramovich va Berezovskiy uning yuqori lavozimli rahbarlari boʻlishdi[25].
1995-yilda Abramovich va Berezovskiy soxta kim oshdi savdosida yirik Sibneft neft kompaniyasining nazorat paketini sotib olishdi[26]. Kelishuv munozarali kreditlar-ulushlar dasturi doirasida amalga oshirilgan va har bir sherik kompaniyaning yarmi uchun 100 million AQSh dollaridan toʻlagan. Ulushning birja qiymati 150 millionni AQSh dollaridan yuqorini tashkil etdi va tezda milliardlarga aylandi[27][28][26]. Keyinroq Abramovich sudda oʻz aktivlarini qoʻlga kiritish va himoya qilish uchun davlat amaldorlariga milliardlab dollar pora berganini tan oldi[29]. 2000-yildan boshlab Sibneft yiliga 3 milliard AQSh dollariga teng neft ishlab chiqardi[30].
The Times gazetasining taʼkidlashicha, unga Sibneftni sotib olishda Badri Patarkatsishvili yordam bergan[31][32][33][34]. Sibneftdan keyin Abramovichning navbatdagi maqsadi alyuminiy sanoati edi. Xususiylashtirishdan soʻng, „alyuminiy urushlari“ sanoatni nazorat qilish uchun kurashayotgan guruhlar sifatida eritish zavodlari rahbarlari, metall savdogarlari va jurnalistlarning oʻldirilishiga olib keldi. Abramovich avvaliga alyuminiy biznesiga kirishga ikkilanib, „har uch kunda bir kishi shu biznesda oʻldirildi“, deb taʼkidlagan[35]. Abramovich 2005-yilda Sibneftni Rossiya hukumatiga 13 milliard dollarga sotgan[36].
2011-yilda Berezovskiy Abramovichga nisbatan fuqarolik daʼvosi bilan London sudiga murojaat qilgan[37]. U Abramovichni shantaj, ishonch va shartnomani buzishda aybladi. Daʼvoda 3 milliard funt sterlingdan ortiq tovon toʻlashni talab qilgan[38]. 2012-yil 31-avgustda Oliy sud daʼvoni rad etdi[39][40].
2015-yilda Abramovich PIR Equities shirkatiga 30 million dollarlik sarmoya kiritdi va moliyalash bosqichiga rahbarlik qildi[41][42]. Boshqa hamkorlar orasida musiqa sanoatining bir qancha taniqli shaxslari – David Guetta, Nicki Minaj, Tiësto, Avicii, Will.i.am, Benni Andersson, Dave Holmes va boshqalar bor[43].
2003-yil iyun oyida Abramovich Gʻarbiy Londondagi "Chelsi"ni boshqaradigan kompaniyalar egasiga aylandi[44]. Klubning oldingi egasi Ken Bates edi, keyinchalik u „Lids Yunayted“ni sotib oldi. Abramovich „Chelsi“ni "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" kabi jahon brendiga aylantirish maqsadida tijoriy rivojlanishning ulkan dasturiga kirishdi[45].
Siyosiy faoliyati
1996-yilga kelib, 30 yoshida Abramovich prezident Boris Yeltsinga yaqinlashdi va Yeltsinlar oilasining taklifiga binoan Kreml ichidagi kvartiraga koʻchib oʻtdi[46].
Abramovich Yeltsinga Vladimir Putinni Rossiya prezidenti sifatida uning vorisi boʻlishini tavsiya qilgan birinchi odam edi[47]. Putin 1999-yilda Bosh vazir sifatida oʻzining birinchi kabinetini shakllantirganida, Abramovich vazirlar mahkamasi lavozimlariga nomzodlarning har biri tasdiqlanishidan oldin ular bilan suhbat oʻtkazdi[48]. Keyinchalik Abramovich Putinning eng yaqin ishonchli kishilaridan biri boʻlib qoladi. 2007-yilda Putin Abramovich bilan uchrashuvlarda prezident sifatida uning vorisi kim boʻlishi kerakligi masalasida maslahatlashgan. Medvedevni shaxsan Abramovich tavsiya qilgan[47].
1999-yilda Abramovich Davlat Dumasiga Rossiyaning Uzoq Sharqidagi qashshoq mintaqa boʻlgan Chukotka avtonom okrugi vakili etib saylandi. Chukotka aholisiga, ayniqsa bolalarga yordam berish uchun „Umid qutbi“ xayriya tashkilotini tuzdi va 2000-yil dekabr oyida Aleksandr Nazarov oʻrniga Chukotka gubernatori etib saylandi.
Abramovich 2000-yildan 2008-yilgacha Chukotka gubernatori boʻlgan. U mintaqada 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan deb ishoniladi[49]. Abramovich Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan farmon bilan „Chukotka iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ Hurmat ordeni bilan taqdirlangan[50].
2008-yil iyul oyi boshida prezident Dmitriy Medvedev Abramovichning Chukotka gubernatori lavozimini tark etish haqidagi iltimosini qabul qilgani, garchi uning mintaqadagi turli xayriya faoliyati davom etayotgani eʼlon qilindi. 2000–2006-yillarda Chukotkadagi oʻrtacha ish haqi 2000-yildagi oyiga 165 AQSh dollaridan 2006-yilda 826 AQSh dollariga oshdi[51][52].
Abramovich 2017-yilda Donald Trump tomonidan imzolangan CAATSA nomli „Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish“ toʻgʻrisidagi qonunda nomi koʻrsatilgan koʻplab rossiyalik oligarxlardan va „Navalniy 35“ roʻyxatiga kiritilgan shaxslardan biri[53][54].
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan bir kun oʻtgach, Abramovich ukrainalik magnatlar bilan bogʻlanib, Putinga norasmiy elchi sifatida ishlashni soʻradi[55].
Abramovich Aiden Aslin va boshqa chet ellik harbiy asirlarni rus asirligidan ozod qilishda muhim rol oʻynadi[56].
Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishi ortidan, 2022-yilning 10-martida Abramovichga yetti nafar rossiyalik oligarxlar guruhi tarkibida Buyuk Britaniya tomonidan sanksiya qoʻyilgan edi[57][58]. Abramovich Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatib qoʻyildi. Britaniya hukumati sanksiyalar Abramovichning Kreml bilan aloqalari haqidagi taxminlarga javob ekanligini aytdi. Abramovich boshqaruvidagi kompaniyalar Rossiya tomonidan Ukrainaga joylashtirilgan tanklarda ishlatiladigan poʻlat ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi[59]. Abramovich Vladimir Putin va Kreml bilan yaqin aloqalari borligini rad etadi[60]. 10-mart kuni Kanada Ukrainaga qarshi urushda yordam bergan tadbirkor sifatida Abramovichga qarshi sanksiyalar kiritdi[61][62]. 14-martda Avstraliya va 15-martda Yevropa Ittifoqi Britaniyaning talabiga ergashib, Abramovichga ham sanksiyalar kiritdi[63][64][65]. 16-mart kuni Abramovich Shveytsariyada qora roʻyxatga kiritilgan[66]. 5-aprelda Vladimir Putin bilan yaqin aloqalari uchun Yangi Zelandiya sanksiyalariga uchradi[67].
19-oktyabr kuni Vladimir Zelenskiy 256 nafar rossiyalik tadbirkorga nisbatan shaxsiy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi ikkita farmonni imzoladi. Ular orasida Abramovich ham bor edi. Unga nisbatan cheklovlar barcha ukrainalik asirlar va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida halok boʻlganlarning jasadlari almashtirilgandan keyingina ishlaydi[68].
Remove ads
Boyligi
Yillar | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 |
Boyligi | 5,7 | 10,6 | 13,3 | 18,2 | 18,7 | 23,5 | 8,5 | 11,2 | 13,4 | 12,1 | 10,2 |
Oʻrni | 25 | 21 | 11 | 16 | 15 | 51 | 50 | 53 | 68 | 68 | |
Oʻrni (Rossiya) | 2 | 1 | 1 | 1 | 3 | 2 | 5 | 9 | 9 | 13 |
Nizolar
Roman Abramovich 2021-yilda „Putin's People“ kitobi uchun HarperCollins nashriyotini sudga berdi[69].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads