Russell Peters

kanadalik komik, aktyor From Wikipedia, the free encyclopedia

Russell Peters
Remove ads

Russell Dominic Peters (talaffuzi: Rassl Dominik Piters; 1970-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) [1] — kanadalik stend-up komik, aktyor va prodyuser[2]. 1989-yildan Torontoda komik chiqishlar qilishni boshlagan. 2008-yilda Gemini mukofotiga sazovor boʻlgan. 2013-yilda Forbes tomonidan dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi komeklar roʻyxatida uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Netflixning stend-up boʻyicha maxsus mukofotini olgan ilk komik[3]. Hip-Hop Evolutiondagi (2016) prodyuseligii uchun Peabody mukofoti hamda eng yaxshi sanʼat dasturlari nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro Emmy mukofoti qoʻlga kiritgan. Hozirda Los-Anjelesda istiqomat qiladi[4].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Yoshligi

Peters 1970-yil 29-sentyabrda Kanadaning Toronto (Ontario) shahrida Mumbay (Maxarashtra), Gʻarbiy Hindiston va Kalkutta (Gʻarbiy Bengaliya), Sharqiy Hindistondan Kanadaga koʻchib kelgan (1965-yilda), kelib chiqishi ingliz-hind millatiga mansub Eric va Maureen Peterslar oilasida tugʻilgan[5][6]. Uning qarindoshlari — katta oilasi Madhya Pradesh shtatidagi Burhanpur shahrida yashaydi[7].

Peters katolik oilada katta boʻlgan[6]. Menejeri — akasi Clayton[8].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Peters Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida yashaydi. U yerda ikkita uyi bor. Nevada shtatining Las-Vegas vodiysi va Vaughan (Ontario) kabi joylarda ham uylari bor[4].

2010-yilda Russell Peters North Peel stipendiyasini taʼsis etgan. Mukofot summasi $21,000 Kanada dollari hisoblanib, qoʻshimchasiga uch yillik kollejda oʻqish harajatlarini qoplab beriladi[9]. Stipendiya har yili Judith Nyman oʻrta maktabini (sobiq Shimoliy Peel) yuqori baholarga bitirgan va kollejda oʻqish niyati boʻlgan oʻquvchiga beriladi[10][9].

2022-yil 20-fevralda Kaliforniyaning Dana Point shahridagi Ritz Carlton mehmonxonasida Ali Peters bilan turmush qurdi[11]. Ali Petersning ikki nafar farzandiga otalik qiladi.

Diniy eʼtiqodi

Larriy King Peters bilan suhbat davomida undan soʻraydi: Ortiqcha tabu holatlariga qanday qaraysiz?. Peters javob beradi: Men din haqida gapirmayman, chunki odamlar din haqida mendan boshqacha tushunchaga ega deb oʻylayman, ayniqsa hozirgi kunda. Men eʼtiqodchidan koʻra koʻproq fan odamiman. Men eʼtiqodlardan koʻra koʻproq faktlarga qiziqaman[12][13]. Peters — ateist[14].

Remove ads

Filmografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Nomi ...

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads