Rustam Saʼdullayev
Oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor va ssenariychi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Rustam Saʼdullayev (25-iyul 1950-yill, Toshkent) — oʻzbek, sovet kino va teatr aktyori, rejissor, ssenariynavis, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1].
Remove ads
Hayoti
Rustam Abdullayevich Saʼdullayev (ruscha: Рустам Абдуллаевич Сагдуллаев) 1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — „Dorbozlar“ filmida Alijon rolini ijro etgan.
1973-yilda „Sevishganlar“ filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov „В бой идут одни старики“ filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.
1975-yilda Rustam Saʼdullayev A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan[2] va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan.
Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk “Ostansya” filmida rejissyorlik qilgan.
2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan “Koʻrlar” (“Slepie”) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy “Ravshan-film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Rustam Saʼdullayev 2021-yildan Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida dars beradi[3]. 2023-yilda shu institutning faxriy professori unvonini olgan[4][5].
Shaxsiy hayoti
Oilasi: turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina bilan 1987-yilda suratga olingan „Shok“ filmining suratga olish jarayonida tanishishgan. Marina oldin “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida ishlagan (hozirgi kunda xususiy mehmonxona sohibi). Ular 2 nafar farzandning ota-onasi: qizi Navroʻza (1993) jurnalist va oʻgʻli Ravshan informatika mutaxassisi.
Mukofotlari
- Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist;
- “Doʼstlik” ordeni;
- “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni;
- “Xalq diplomati” ko’krak nishoni (2023-yil)[6][7];
- “Billur Turandot” birinchi teatr mukofotining XXII marosimida “Shon-sharaf, qadr-qimmat va tomoshabinlar oldidagi xizmatlari uchun” faxriy mukofoti (2023-yil)[8].
Remove ads
Filmografiyasi
Serial
Kliplar
- Nash miliy Romeo Rustam Sagdullaev
- Rustam Sagdullaev: Ya ne bolel zvyozdnoy boleznyu (Wayback Machine saytida 30-iyun 2007-yil sanasida arxivlangan)
- Rustam Sagdullaev: Svoyu glavnuyu rol ya eщyo ne sigral[sayt ishlamaydi]
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads