Saljuqiylar

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Saljuqiylar (1038-1308) — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.

Sirdaryoning quyi oqimi – Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan. Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chaqirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat:

Batafsil maʼlumot Ismi, Hukmronlik davri ...
Remove ads

Adabiyotlar

  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.[1]

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads