Saskachevan

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Saskachevan — Kanadaning markaziy qismidagi provinsiya. Maydoni 651 ming km². Ahrlisi 1,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Rijayna sh. S. hududining aksari qismi Lavrentiy qirlarida, jan. esa Buyuk tekisliklarda joylashgan. Eng katta daryosi — Saskachevan. Shim.sharqi igna bargli oʻrmonlar, jan.gʻarbi oʻrmondasht va dashtdan iborat. Mamlakatdagi qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 1/3 qismi Saskachevan Kx.da eksport uchun bugʻdoy yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi; parrandachilik rivojlangan. Kaliy tuzlari, neft, geliy, mis, uran rudalari qazib olinadi. Ozik,ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, qora metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari bor. S. orkali TransKanada temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari oʻtgan.[1]

Remove ads

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads