Shohruxbek Abdurahmonov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Shohruxbek Komil oʻgʻli Abdurahmonov (1999-yil 8-martda Oqqoʻrgʻonda (Oʻzbekiston) tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Soʻgʻdiyona“ klubi yarim himoyachisi.
Remove ads
Futbolchilik faoliyati
„Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi.
Dinamo (Samarqand)
2019-yilning mart oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2019-yil 30-mart kuni „Surxon“ga qarshi oʻtkazdi[1]. 2018-yilning 5-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda „Andijon“ga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi[2]. 2019-yil 11-may kuni „AGMK“ga qarshi kechgan navbatdagi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[3]. 2019-yilning iyul oyida klub bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda – 23 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golga olib keluvchi toʻpni urgan, ammo klub Pro-ligaga tushib ketdi. Umuman olganda, futbolchi Pro-ligada klub uchun 34 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga olib keluvchi uzatmani amalga oshirdi.
Energetik-BGU
2022-yilning mart oyida Belarusiyaning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi[4]. Klubdagi debyutini 2022-yilning 19-martida „Vitebska“ga qarshi oʻtkazdi[5]. 2022-yil 17-apreldagi oʻyinda penalti ishlab, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shu bilan birga, Brestning „Dinamo“siga qarshi penalti ishlab, natijada Brest klubini 2:1 hisobida magʻlub etgan[6][7]. 2022-yilning 29-mayida Mozirning „Slaviya“ jamoasiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urgan[8].
2024-yil yanvar oyida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9].
Remove ads
Xalqaro faoliyati
2018-yilda Oʻzbekiston yoshlar olimpiya terma jamoasi safida toʻp surgan.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads