Skyfall

From Wikipedia, the free encyclopedia

Skyfall
Remove ads

Skayfall[5] — Ian Fleming qalamiga mansub roman asosida suratga olingan, britaniyalik mashhur afsonaviy agent 007 — James Bond haqidagi filmlarning yigirma uchinchisi. Film James Bond tugʻilib oʻsgan joy sharafiga shunday nomlangan. Bond rolini uchinchi marta Daniel Craig ijro etgan. Filmga Sam Mendes rejissorlik qilgan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...
Remove ads

Syujeti

Bond Istanbulda yollanma qotilning iziga tushadi. Uning ortidan quvib yetadi va qotil qoʻlidagi diskni olish uchun kurashayotgan vaqtida unga oʻz sherigi tomonidan uzilgan oʻq tegib daryoga qulaydi. Bond ishlaydigan MI-6 agentligi esa uni halok boʻlgan deb hisoblaydi. Biroq, koʻp oʻtmay Bond ishga qaytadi. Uning ishga layoqati avvalgiday yaxshi boʻlmaydi, shunga qaramay, u jinoyatchilar izidan quvishda davom etadi. Bu orada terroristik tashkilot tomonidan agentlikning bir nechta xodimi oʻldiriladi. Bond Shanxayga yoʻl oladi va u yerda yollanma qotilni oʻldirib, undan kiberterror tashkilotiga doir maʼlumotlarni olishga erishadi. Bond terror tashkiloti yetakchisi, sobiq agent Tiagro Rodrigez (Silva)ni qoʻliga tushadi, biroq uni yengib, agentlikka yetkazishga erishadi. Tez orada qamab qoʻyilgan Silva (Javier Bardem) qamoqdan qochishga erishadi. Bond va uning rahbari M (Judi Dench) birgalikda Skayfoll vodiysiga yoʻl olishadi va u yerda Silva bilan hal qiluvchi jangga tayyorlanishadi. Koʻp oʻtmay Silva koʻp jangarilar bilan yetib kelib, Bond qasrini oʻqqa tutadi. Bond qasrni portlatib yuboradi va natijada atrofda turgan jangarilar halok boʻladi. Bu orada M yaralanadi. Bond va M cherkovga yoʻl olishadi. Silva ularning ortidan quvib yetadi, Silva va M uchrashishadi. Silva M ni oʻldirmoqchi boʻlganda Bond uning ortidan kelib, beliga pichoq sanchadi va Silva oʻladi. Yaralangan M ham jon beradi.

Remove ads

Musiqasi

Batafsil maʼlumot №, Nomi ...
Remove ads

Daromadi

Skyfall filmi prokatlarda 1 milliard dollardan oshiq mablagʻ yigʻdi.[7][8]

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads