Sony
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Sony Corporation- transmilliy korporatsiya,bosh ofislari Yaponiya va AQSH da joylashgan, 1946-yil Yaponiya da tashkil topgan. Korporatsiya xoʻjalik va professional elektronika mahsulotlari, oʻyin moslamalari va boshqa yuqoritehnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.Bundan tashqari Sony dunyoda eng yirik mediya kompaniyalaridan biridir.Hozirgi kunda kompaniya Sony - BMG ovoz yozish studiyasi(Bertelsmann kompaniyasi bilan hamkorlikda),Columbia Pictures kinostudiyasi va TriStars Pictures,shuningdek MGM kompaniyasining toʻliq kinolar arhiviga(Comcast kompaniyasi bilan hamkorlikda) egalik qiladi.
Remove ads
Tarix:
"Sony" korporatsiyasi 7-may 1946-yil Akito Morita va Masaru Ibuka tomonidan asos solingan. "Sony" atamasi lotincha "sonnus"- ovoz degan maʼnoni bildiradi.Boshida kompaniya "Tosuko" deb nomlangan.Kompaniya asoschisi Akito Morito kompaniyani ancha yillar boshqaradi,oʻzi marketing va savdo-sotiq boʻlimlariga boshchilik qilgan,kompaniyani yuqori choʻqqilarga olib chiqqan.
1950 yil "Sony" tranzistorlar muhimligini tan oldi va oʻzining ilk "TR-63"deb nomlangan radiosini ishlab chiqadi,bu kompaniya kelajagida muhim rol oʻynaydi.
1970-1980 yillarda birinchi "walkman"lar ishlab chiqarila boshlanadi.
1983 yil "Sony" "Filips"kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi boʻlib kompakt - disklar ishlab chiqaradi(ing.Compact Disc,CD).
1990 yilda birinchi "mini-diskmenlar"ishlab chiqariladi.
1990 yil "Sony" 500ga yaqin yangi mahsulotlar ishlab chiqaradi,bu kuniga 2 yangi mahsulot kashf etilgan hisoblanadi.
Remove ads
Faoliyati:
2005 yil maʼlumotlariga koʻra korporatsiya ishchilar soni 151 400 kishini tashkil etgan.2007-yil 31 mart dagi maʼlumotlarga koʻra korporatsiya foydasi - 8.3 trilion ien($69.7 mlrd)ni, sof foydasi esa - 126.3 milyard ien ($1.06 milyard)ni tashkil etgan.
Savdo belgilari:
Hozirgi kun Sonyning eng taniqli savdo-belgilari:
Yana qarang
- Made in Japan
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads