Steve Jobs (kitob)

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Stiv Jobs“ (inglizcha: Steve Jobs: A Biography) – Apple Inc korporatsiyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs haqidagi biografik asar. Kitob amerikalik jurnalist va yozuvchi Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan va Simon & Schuster nashriyotida chop etilgan[1]. Kitob oʻzbek tiliga 2019-yilda „Asaxiy Books“ loyihasi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan[2].

Qisqa faktlar Asl nomi, Muallif(lar) ...

Ayzekson kitob ustida uch yilga yaqin ish olib borgan. Bu vaqt davomida u Stiv Jobsning oʻzidan 40dan ortiq eksklyuziv intervyu olgan. Bundan tashqari yozuvchi Jobsning 100dan ortiq qarindoshlari, doʻstlari va hamkasblaridan ham intervyu olgan[3].

Dastlabki rejaga koʻra, kitob 2011-yilning 21-noyabr kuni sotuvga chiqishi kerak edi, ammo Jobsning vafoti munosabati bilan kitob 24-oktabr kuni sotuvga chiqarilishi maʼlum boʻldi[4].

2011-yilning 10-oktabr kuni Sony Pictures „1 million dollardan kam boʻlmagan“ pul toʻlagani holda kitobni ekranlashtirish huquqini sotib olgani maʼlum boʻldi[5][6]. 2012-yilning aprel oyida „Sony Pictures“ suratga olayotgan filmda Jobs rolini aktyor Jorj Kluni ijro etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqadi[7].Stiv Jobs 3-sinfgacha bir necha marotaba maktabdan xaydalgan soʻng undagi sifat qobilyatlarni koʻrgan maktab direktori uni 4-sinfdan 7-sinfga sakrab oʻtishni taklif qilgan bunga Jobsni Ota-onasi qarshi edi.7-sinfga emas 6-sinfga oʻtishini xoxlashgan.

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads