Sybille Bammer
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Sybille Bammer (1980-yil 27-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional tennischi.
U WTA Tourdagi gastrolga qaytishdan oldin qizi Tinani dunyoga keltirgan. U 2007-yilda Pattaya Open musobaqasida gʻolib chiqqanida, 1989-yilda Laura Arrayyadan keyin 18 yil ichida birinchi marta ona sifatida turnirda gʻolib chiqqan tennischi boʻldi[1].
Remove ads
Tennisdagi faoliyati
Linz shahrida tugʻilgan Bammer 2000-yilda Klagenfurt musobaqasida WTA turnirining asosiy toʻr bosqichida debyut qiladi va u yerda nemis tennischisii Andrea Glassga yutqazadi. U Wimbledon chempionati, US Open va Linsdagi turnirda ishtirok eta olmaydi.
2001-yil davomida u qizi Tinani dunyoga keltirish uchun tennisdan tanaffus oladi. Nafaqaga chiqqanida 238-oʻrinni egallagan va endi tennisdagi faoliyati tugaganiga ishongan. U qiziga qarash uchun Avstriyaning Ottenshaym qishlogʻida bir yil qoladi. Chaqaloqning otasi, Kristof Gshvendner, Bammer gastrol safariga qaytishi uchun Tinaga gʻamxoʻrlik qilish uchun muhandislik faoliyatidan tanaffus qilishni taklif qiladi[2].
Uning qizi Tina tez-tez olomon orasida boʻlgan. Bammer qizi haqida shunday dedi: „U har doim maydonda boshqalarga jim boʻlishni aytadi, chunki bu onasiga diqqatini jamlashiga yordan beradi“[3].
2007-yil fevral oyida u professional boʻlganidan oʻn yil oʻtib, nihoyat oʻzining birinchi WTA turniri unvonini qoʻlga kiritdi va birinchi raundda Vasilisa Bardinani, keyin, Anastasiya Rodionova, Martina Sucha, Peng Shuaidan yarim finalda magʻlub etidi. Finalda Gisela Dulko ustidan gʻalaba qozonish yoʻlida uchta oʻyin ochkosini saqlab qoldi[4][5].
Qizi 2007-yil sentyabr oyida Avstriyada maktabni boshlaganligi sababli, Bammer oʻz mavsumini bir oydan koʻproq vaqt davomida uydan uzoqlashtirmaslikka qaror qildi[3].
Bammer oʻzining soʻnggi professional turniri boʻlgan 2011-yilgi Gastein Ladies musobaqasida soʻng nafaqaga chiqdi.
U Serena Williamsga qarshi 2-0 hisobidagi natijaga ega boʻlib, bu uni Serenaga qarshi gʻalaba qozongan kam sonli tennischidan biriga aylantirdi[6]
Remove ads
WTA finallari
Yakkalik
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads