Tangri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Tangri – 1) Xudo, Alloh. Tangrichilik dinida xudoning nomi. „Tangri「 atamasi ko'p Osiyo xalqlarining eng qadimiy mifologik fondiga kiradi. Tangri qadimgi shumer tilida (mil. av. 3-ming yillik) tengri, tengir, dengri, dengir; oltoycha tengri, tengeri; ozarbayjoncha dengri, dengir; xakascha tigir, ter; tuvacha deer; chuvashcha tura; yakutcha tangara; mongolcha tenger; buryatcha tengeri, tengri; qalmiqcha tenger; yaponcha tenri. U qadimgi xunnu tilida ham mavjud boʻlgan (mil. av. 3-asr va undan ham avvalroq). Tadqiqotchilar Tangrini kengroq talqinda shumercha – tengir – „koinot「, „dengiz「 bilan bogʻlaydilar. Tangri haqidagi tasavvur osmon ruhi egasi gʻaqidagi animistik diniy eʼtiqodlar asosida shakllangan boʻlib, unda osmon ham bevosita oʻzining koʻrinishida, ham T. yashaydigan fazo sifatida tasavvur etilgan; 2) Islom dinini ommaviy ravishda qabul qilgan turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda Allohning nomlaridan biri sifatida ishlatiladi.
Remove ads
Yana qarang
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
