The Conjuring: The Devil Made Me Do It

From Wikipedia, the free encyclopedia

The Conjuring: The Devil Made Me Do It
Remove ads

The Conjuring: The Devil Made Me do It – 2021-yilda suratga olingan AQSh gʻayritabiiy qoʻrqinchli filmi. Rejissyor Michael Chaves, ssenariy mualliflari Johnson-McGoldrick va James Wan, ssenariy David Leslie Johnson-McGoldrick hikoyasi asosida yozilgan. Ushbu film The Conjuring (2013) va The Conjuring 2 (2016) filmlarining davomi va The Conjuring Universe filmining yettinchi qismi hisoblanadi. Patrick Wilson va Vera Farmiga oʻz rollari paranormal tergovchilar va mualliflar Ed va Lorraine Warren sifatida takrorlagan, Ruairi OʻConnor, Sarah Catherine Hook va Julian Hilliardlar ham bosh rollarni ijro etgan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...

Uchinchi Conjuring filmi uchun dastlabki ishlar 2016-yilda boshlangan, biroq Wan boshqa loyihalar bilan rejadagi ziddiyatlar tufayli seriyadagi boshqa filmlarga rejissyorlik qilmasligini aytgan. 2017-yilning iyuni oyiga kelib, uchinchi qism suratga olinayotgani rasman eʼlon qilingan. Michael Chaves avvalroq The Curse of La Llorona (2019) filmidan keyin, Conjuring filmi rejissyori sifatida eʼlon qilingan. Suratga olish ishlari 2019-yilning yozida Gruziyada boʻlib oʻtgan.

Dastlab 2020-yilning sentyabrida namoyishi rejalashtirilgan film COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirildi. The Conjuring: The Devil Made Me Do It filmi 2021-yil 4-iyun kuni AQShda Warner Bros Pictures va New Line Cinema tomonidan namoyish etilgan. Film 39 million dollarlik byudjet bilan 206 million dollar daromad koʻrgan. Filmning The Conjuring: Last Rites davomi ishlab chiqilmoqda.

Remove ads

Film syujeti

1981-yilda demonologlar Ed va Lorraine Warren 8 yoshli David Glatzelning oilasi, uning opasi Debbie, uning yigiti Arne Johnson va otasi Gordon ishtirokida Konnektikut shtatining Brukfild shahrida iblisni Davidning ichidan chiqarib yuborish ishi bilan band edi. Kichkina bolani qutqarish uchun Arne iblisga Davidning oʻrniga oʻzining tanasiga kirishni taklif qiladi. Ed iblis Arnening ichiga kirganiga guvoh boʻladi. Iblis esa Edni yuragini toʻxtatib qoʻyadi.

Remove ads

Rollarda

  • Vera Farmiga Lorraine Warren rolida
  • Patrick Wilson Ed Warren rolida
  • Ruairi O'Connor Arne Cheyenne Johnson rolida
  • Sarah Catherine Hook Debbie Glatzel rolida
  • Julian Hilliard David Glatzel rolida
  • John Noble Kastner rolida
  • Eugenie Bondurant the Occultist rolida
  • Shannon Kook Drew rolida
  • Ronnie Gene Blevins Bruno rolida
  • Keith Arthur Bolden Sergeant Clay rolida
  • Steve Coulter Father Gordon rolida
  • Vince Pisani Father Newman rolida
  • Ingrid Bisu Jessica rolida
  • Andrea Andrade Katie rolida
  • Ashley LeConte Campbell Meryl rolida
  • Sterling Jerins Judy Warren rolida
  • Paul Wilson as Carl Glatzel rolida
  • Charlene Amoia Judy Glatzel rolida
Remove ads

Suratga olish jarayonlari

Rivojlanishi

2016-yilda filmning keyingi potentsial davomi haqida James Wan shunday dedi: „Yana bir nechta [ Conjuring ] filmlari boʻlishi mumkin, chunki Warrenlarning hikoyalari juda koʻp.「 Ssenariy mualliflari Chad va Carey W. Hayes ham filmning davomi uchun hikoya ustida ishlashga qiziqish bildirishgan[5]. Biroq, Wan boshqa loyihalardagi majburiyatlari tufayli filmga rahbarlik qila olmasligi mumkinligini aytgan[6]. U Collider-ga shunday dedi: „Biz uchinchi bobga ega boʻlish baxtiga muyassar boʻldik, agar omadimiz kelsa, men Conjuring olamida davom etishni istardim「[7]. Wan shuningdek, agar keyingi film suratga olinadigan boʻlsa, voqealar 1980-yillarda boʻlib oʻtishini aytgan[8][9].

Suratga olishgacha boʻlgan jarayon

2018-yil oktyabr oyida The Conjuring 3 filmida Wan emas, balki The Curse of La Lloronaning rejissyori Michael Chaves rejissyor boʻlishi eʼlon qilingan edi[10]. 2018-yil dekabr oyida Wan filmning syujet tafsilotlarini tasdiqladi. 2019-yil oktyabr oyida „The Conjuring「, „Annabelle「, „The Conjuring 2「, „The Curse of La Llorona「 va „Annabelle Comes Home「 filmlari uchun musiqalar yozgan Joseph Bishara ushbu uchinchi „Conjuring「 filmida suratga tushish uchun qaytishi tasdiqlandi[11]. 2019-yil dekabr oyida filmning rasmiy The Conjuring: The Devil Made Me Do It nomi eʼlon qilindi[12][13].

Kasting

2018-yil dekabr oyida Patrick Wilson va Vera Farmiga The Conjuring va The Conjuring 2 filmlarida Ed va Lorraine Warren rollarini takrorlashi tasdiqlandi[14]. 2019-yil avgust oyida aktrisa Megan Ashley Brown va Mitchell Hoog yosh Lorraine va Ed Warren rolini ijro etishi eʼlon qilindi[15]. 2019-yil dekabr oyida Sterling Jerins, Julian Hilliard, Sarah Catherine Hook va Ruairi OʻConnorlar rejissyor Chaves tomonidan filmning aktyorlar tarkibining bir qismi sifatida tasdiqlandi[16].

Suratga olish ishlari

Suratga olish ishlari 2019-yil 3-iyun kuni Georgiya shtatining Atlanta shahrida boshlangan[17]. 2019-yil 15-avgust kuni Farmiga oʻz sahnalarini suratga olishni tugatganini eʼlon qilgan[18]. Qoʻshimcha suratga olish ishlari dastlab 2020-yil apreliga rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirildi[19]. Qayta suratga olish paytida Chaves Davis Osbourne ijro etgan iblis antagonistini olib tashlashni maʼqul koʻrdi. Qahramon filmda „Okkultist「 sifatida ishlashi kerak edi, lekin Chaves buni „muhim emas「 deb hisobladi va buning oʻrniga Osbournega kasalxonada bemor rolini berdi[20]. John Noblening roli ham qayta suratga olish jarayonida kengaytirildi[21].

Remove ads

Namoyish etilishi

The Conjuring: The Devil Made Me It 2021-yil 26-may oyida Buyuk Britaniyada, 2021-yil 4-iyunda esa AQShda Warner Bros Pictures va New Line Cinema tomonidan namoyish etilgan[22][23]. 2020-yil 11-sentyabrda namoyishi rejalashtirilganidan soʻng, COVID-19 pandemiyasining teatrlar va kino sanoatiga taʼsiri tufayli film kechiktirilgan[24][25].

Ommaviy axborot vositalari

The Conjuring: The Devil Made Me Do It 2021-yil 23-iyulda Digital HD formatida chiqdi, Warner Bros Home Entertainment tomonidan 2021-yil 24-avgustda DVD, Blu-ray va Ultra HD Blu-ray formatlarida taqdim etilgan[26].

Teatr kassasi

The Conjuring: The Devil Made Me Do It filmi AQSh va Kanadada 65,6 million dollar daromad koʻrgan, 140,8 million dollar boshqa hududlarda, butun dunyo boʻylab jami $206,4 million mablagʻ toʻplagan.

Qoʻshma Shtatlarda film "Asov tulpor" bilan birga namoyish etildi. Dam olish kunlarida 3100 ta teatrdan 15-20 million dollar yigʻishi kutilgan edi[27][2][28]. The Conjuring Universe franshizasi kinoteatrlar kassasida birinchi oʻrinni egalladi[29][30][31].

Remove ads

Davomi

2022-yil oktyabr oyida The Hollywood Reporter toʻrtinchi asosiy film ishlab chiqilayotganini maʼlum qildi. Uning ssenariysi David Leslie Johnson-McGoldrick tomonidan yozilgan va James Wan hamda Peter Safran tomonidan suratga olinadi[32].

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads