The Longest Most Meaningless Movie in the World
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
„The Longest Most Meaningless Movie in the World「 (tarjimasi „Dunyodagi eng uzun, eng maʼnosiz film「) —1968-yilda Antony Sсott[1] tomonidan suratga olingan „underground「 (talaffuzi: andergraund) janridagi inglizcha film. Film mutlaqo syujetga ega emasligi va 48 soat (2080 daqiqa) davom etganligi sababli gʻayrioddiydir. Film uzoq davom etganligi boʻyicha rekord oʻrnatgan boʻlib, bu rekord 1987-yilda The Cure for Insomnia[2] („Uyqusizlikning davosi「) filmi chiqishi bilan yangilangan.
Remove ads
Syujeti
Film uchun maxsus suratga olish ishlari amalga oshirilmagan. Film reklama bloklari, chiqarilmagan boshqa lentalarning qirqimlari va boshqa „kino axlatlari「 dan iborat. Filmning baʼzi joylarida bitta reklama koʻp marta (30 daqiqadan koʻproq) takrorlanadi. Baʼzan tasvir teskari aylantiriladi yoki harakatlar orqaga qarab harakatlanadi.
Ishlab chiqarish va namoyishlar
Antony Scott oʻz filmini Shveysariya kino markazi (London) koʻmagida yaratgan. Birinchi ommaviy namoyish 1968-yilning yozida The New Arts Lab da (Druri Leyn, London) boʻlib oʻtgan. Shundan soʻng, 1969-yilda lenta „Cybervironment Plus「 eksperimental sanʼat festivalida va 1970-yil oktyabr oyida fransuz kinoteatrida namoyish etilgan.
Yana qarang
- Eng uzun filmlar roʻyxati
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads