Urganch

Oʻzbekistondagi shahar From Wikipedia, the free encyclopedia

Urganchmap
Remove ads

Urganch (1929-yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shimoliy va janubiy qismlarga ajratgan. Shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, janubiy qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 155 ming kishi (2025).

Thumb
Thumb
Thumb
bu maqola Oʻzbekistondagi shahar haqida, oʻrta asrlardagi Urganch haqida Koʻhna Urganchga qarang.
Qisqa faktlar Mamlakat, Viloyat ...
Remove ads

Tarixi

Shaharga 1646-yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj shahri (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga „Toza Urganch“, yaʼni „Yangi Urganch“ deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km.

Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushaxon (Anushashoh) davrida (1664—89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.

Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4-5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873-yil avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida shunday deb yozgan:

Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan

Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889-yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida „Xayriya jamiyati“, RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931-yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935-yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952-yilda Chorjoʻy–Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959-yildan Urganch Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi energiyasini ola boshladi, 1963-yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.

Remove ads

Nomi

Thumb
Ogahiy nomidagi musiqali drama teatri binosi. 2023-yil

Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. „Avesto“ kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha „Gurganj“ nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin „Jurjoniya“ deb ataldi. 1221-yil moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urganch shaklida tilga olinadi.

Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida „Navroʻz“, „Taraqqiyot“, „Universitet“ shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.

Remove ads

Sanoat

Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, „Urganchyogʻ“ zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekiston—Turkiya „Nurtop“ qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi.

Taʼlim

Urganchda, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, „Olimpiya“ sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003-yillarda „Buyuk allomalar xiyoboni“, „Al-Xorazmiy“, „Al-Beruniy“, „Amir Temur“, „Mirzo Ulugʻbek“, „Abulgʻoziy Bahodirxon“, „Ogahiy“, „Komiljon Otaniyozov“, „Avaz Oʻtar“, „Humo“, „Jaloliddin Manguberdi“, „Avesto“ yodgorlik majmualari bunyod etildi.

Remove ads

Madaniyat

Thumb
Urganch markazidagi Jaloliddin Manguberdi haykali.


1999-yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001-yilda „Avesto“ kitobi yaratilganligining 2700 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003-yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda „Umid nihollari“ respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimiy Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga „Oʻzbekturizm“ kompaniyasining boʻlimi, „Jayhun“, „Xorazm Palas“, „Avesto“ mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.

Remove ads

OAV

Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, „Xorazm haqiqati“, „Urganch oqshomi“, „Yoshlar ovozi“, „Tujjor“ va boshqalar) nashr etiladi.

Meʼmoriy obidalar

Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan.

Geografiyasi

Shahar Toshkentdan 1100 km gʻarbda, Amudaryo sohilidan 12 km gʻarbda (Cholish pristani), Shovot kanalida joylashgan. „Urganch“ aeroporti, Turkmanobod — Beyneu yoʻlidagi temiryoʻl stansiyasi mavjud.

Aholi

Aholisi — 166,3 ming kishi (2017).

Batafsil maʼlumot Yil, Aholi ...

Aholining 90 % i — oʻzbeklar, 5 % i — ruslar, 3 % i — qozoqlar, turkmanlar, koreyslar, 2 % i — olmonlar va yahudiylar.

Iqtisodi

Zavodlari: yem-xashak yigʻuvchi mashina, paxta tozalovchi, yogʻ-ekstraksiya, ekskavator taʼmirlovchi, shina taʼmirlovchi; pillakashlik, tikuv fabrikalari; qurilish materiallari ishlab chiqarish.[4]

Iqlimi

Batafsil maʼlumot Koʻrsatkich, Yan ...
Remove ads

Mashhur kishilar

  • Anna German — polyak qoʻshiqchisi
  • Viktor Kolodyajniy — rossiyalik amaldor

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads