Vanessa Kirby

From Wikipedia, the free encyclopedia

Vanessa Kirby
Remove ads

Vanessa Nuala Kirby[2] (talaffuzi: Vanessa Nuala Kirbi; 1988-yil 18-aprelda, tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. The Crown teleserialidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA sovrindori[3]. Pieces of a Woman filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod[4].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Dastlabki yillar

Vanessa Kirby 1988-yil 18-aprelda Londonda tugʻilgan. Onasi „Country Living“ jurnalining muharriri, otasi esa urologik jarroh boʻlgan[5]. Vanessa Lady Eleanor Holles maktabini, Exeter universitetini va London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasini tamomlagan[6].

Karyerasi

Kirby aktrisalik faoliyatini „Octagon“, „Royal Court“ va „Qirollik milliy teatri“ kabi bir qancha teatrlarda rollar ijro etishdan boshlagan. U teatrdagi faoliyati davomida William Shakespearening A Midsummer Night's Dream va Tennessee Williamsning A Streetcar Named Desire pyesalariga asoslangan spektakllarda rol oʻynagan[7].

U 2010-yilda Love/Loss filmida suratga tushgan[8]. 2011-yilda The Hour va Great Expectations kabi teleseriallarning bir necha qismlarida rol oʻynadi. Uning Labyrinth va The Crown seriallaridagi roli unga mashhurlik keltirdi[9].

2018-yilda u Tom Cruise bilan birga Mission: Impossible – Fallout filmida rol oʻynadi[10].

2020-yil 4-sentabrda 77-Venetsiya kinofestivalida Pieces of a Woman filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Kirby mazkur filmda Martha Weiss rolini gavdalantirgan. Bu roli ortidan u „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Volpi kubogini oldi[11], shuningdek, „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod boʻldi[12].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Kirby ingliz aktyori Callum Turner bilan uzoq muddatli munosabatda boʻlib, u bilan Queen & Country (2014) filmida rol oʻynagan. 2020-yil fevral oyida juftlik ajralishdi[13].

Filmografiyasi

Filmlar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Teleseriallar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads