Varzob (futbol klubi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
BDA Dushanbe – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan futbol klubi. 1996 yilda „Varzob Dushanbe“ nomi bilan tashkil etilgan jamoa 2001-yilda hozirgi nomiga oʻzgartirilgan.
Remove ads
Tarixi
Jamoa 1996-yilda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalaridan birining boshligʻi general-mayor boʻlgan dala qoʻmondoni Suhrob Qosimov tomonidan tuzilgan[1].
Dastlabki 2 mavsumni klub shahar chempionatida oʻtkazgan. 1998-yilda u Tojikiston chempionatida qatnashish ariza bergan (buning uchun badal toʻlash kifoya edi). Klubga chempionatning yetakchi jamoalari „Vaxsh“, „Regar“ va „Pomir“ klublarining yetakchi futbolchilari taklif etilgan. Natijada „Varzob“ dastlabki mavsumidayoq muammosiz mamlakat chempionligini ham, kubokni ham qoʻlga kiritgan.
Jamoa keyingi 2 yil, 1999 va 2000-yillarda ham mamlakat chempioni boʻlgan. Klubning muvaffaqiyatlari asosiy sabablaridan biri, Tojikistonning eng oldi murabbiyi – Sharif Nazarov[2] bilan bogʻliq edi.
2001-yildan keyin jamoa asta-sekin natijalar yomonlasha boshlagan. Dastlab klub oʻz nomini BDA ga oʻzgartirgan va 2005-yilgi mavsum boshida Oliy ligani ham tark etgan. Hozirda Dushanbeda, havaskorlar chempionatida ishtirok etmoqda.
Remove ads
History
Ichki tarix
Kontinental tarix
1 „Doʻstlik“ Tojikistondagi fuqarolar urushi sababli Dushanbedagi dastlabki oʻyinga kelmadi. Natijada Oʻzbekiston jamoasi musobaqadan chetlashtirildi va 10 000 $ dollar jarimaga tortilgan.
Remove ads
Mashhur futbolchilar
- Aliyor Ashurmamadov
- Denis Knitel
- Oʻroz Nazarov
- Suhrob Hamidov
Murabbiylar
Sharif Nazarov (1999?–01?)
Yutuqlar
- Tojikiston chempioni (3): 1998, 1999, 2000[3].
- Tojikiston kubogi sohibi (2): 1998, 1999[4].
- Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2000/01.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads