Vladislav Ivanov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Vladislav Aleksandrovich Ivanov (1986-yil 24-yanvar, Narva, Estoniya SSR, SSSR) — rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Remove ads
Faoliyati
2003-yilda Vladislav faoliyatini Estoniyaning Narva-Trans klubida boshlagan. 2008-yilda futbolchi „Karpati“ jamoasiga ijaraga berilgan, lekin hech qachon klub tarkibida maydonga tushmagan. 2009-yilda u „Levadiya“ bilan Estoniya chempioni boʻlgan. 2010-yilda u Tripolidan Gretsiyaning „Asteras“ jamoasiga koʻchib oʻtgan, ammo jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan, 2011-yilda „Iliupoli“ jamoasiga ijaraga berilgan. Bu jamoadan keyin esa Moskvaning „Torpedo“ klubiga oʻtgan[1]. 2012-yilda u 23 ta gol urib, Estoniya chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylangan[2]. 2013-yilning 27-fevralida futbolchi Luch-Energiya klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2014-yilda u Estoniyaning „Levadiya“ klubida hujumchi sifatida oʻynagan, avgust oyi oxirida klubni tark etgan[4]. Estoniya chempionatining oʻsha mavsumida Ivanov klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Mavsum davomida futbolchi 19 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[5]. 2015-yilda Oʻzbekiston Super ligasining Mashʼal klubi bilan shartnoma imzolagan.
2016-yilning mart oyida futbolchi Estoniyaning Narva-Trans klubiga qaytgan va jamoa bir yillik shartnoma imzolagan[6]. Oʻsha yilning iyul oyida ivanov "Jarve" klubiga oʻtgan[7]. Ammo futbolchi yangi jamoa tarkibida biror marta maydonga tushmagan.
Faoliyatining soʻnggi yillarida Ivanov futzal oʻzini koʻrsatgan, bundan tashqari professional futbolda quyi liga klublarida ham oʻynagan.
Remove ads
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari
- Estoniya chempioni: 2009-yil
- Estoniya chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2006, 2010
- Estoniya kubogi sohibi: 2009—2010
- Estoniya kubogi finalchisi: 2006—2007
- Estoniya Superkubogi sohibi (2): 2007, 2010
- Rossiya Ikkinchi divizionining „Sharq“ zonasi gʻolibi: 2012—2013
Shaxsiy yutuqlari
- Estoniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012-yil
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads