Yevgeniy Cheremisin

From Wikipedia, the free encyclopedia

Yevgeniy Cheremisin
Remove ads

Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin (1988-yil 29-fevralda tugʻilgan, Naberejnye chelni, Tatar ASSR) – rossiyalik futbolchi , darvozabon. Oʻzbekiston oliy ligasida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Faoliyati

Chelnidagi „Zarya“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Gennadiy Andreevich Kadilskiy[1]. Professional futbolga Nijnekamskning „Neftekhimik“ jamoasi bilan kirib kelgan. Klub bilan 2005-yilda Rossiya kubogi oʻyinlarida va 2006-yilda ikkinchi divizionda debyut qilgan. Nijnekamsk jamoasida ikki mavsum davomida u milliy chempionatlarda 36 oʻyin oʻtkazgan.

2008-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. Klubda Rossiya chempionatida jamoas bilan asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida birorta ham oʻyin oʻtkaza olmadi. Mamlakat kubogida u bitta oʻyinda ishtirok etdi – 2010-yil 13-iyulda Astraxanning „Volgar“ jamoasiga qarshi[2] . 2010-yilda Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi boʻldi[3]. Rubin-2 va Rubin jamoasi tarkibida chempionatda 39 ta oʻyin oʻtkazdi va 44 ta gol oʻtkazib yubordi. Fakel Voronezh ijaraga oʻtdi, jamoada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014-yilda esa Neftekhimik klublariga oʻtdi, klubda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. Shu yil FC KAMAZ klubiga qoʻshildi.

2015-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtdi. U Oʻzbekiston oliy ligasidagi debyut uchrashuvini 2015-yil 14-mart kuni „Shoʻrtan“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. Mavsum davomida u barcha 30 uchrashuvni asosiy tarkibda oʻtkazdi. Jamoasi bvilan soʻnggi bir necha yil ichida eng yaxshi natija – beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq mavsum yakunida xorijlik darvozabonlarning Oʻzbekiston chempionatida oʻynashi taqiqlangani bois, darvozabon „Neftchi“ni tark etishga majbur boʻldi[5].

2017-yil boshida u Belorussiyaning „Isloch“ klubiga koʻrikka borgan, ammo transfer muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan[6]. 2018-yilda Oʻzbekiston superligasi vakili Qizilqum klubiga qoʻshildi. Klubda 43 ta oʻyinda maydonga tushdi. klubda 2 mavsum oʻynadi. Sonʼg, Qirgʻizistonning Kaganat klubiga oʻtdi.

Remove ads

Yutuqlari

  • Rossiya Superkubogi: 2010

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads