Yigitali Mamajonov

aktyor From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Yigitali Mamajonov (1990-yil 16-iyun) — oʻzbek aktyori[1].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...

Biografiyasi

Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyunda Rossiya poytaxti Moskva shahrida tugʻilgan.U oilada yolgʻiz farzand boʻlib oʻsgan[2] .2001-yilda Andijon shahriga ko‘chib kelgan. Andijon viloyati, Xonobod shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Andijon olimpiya zaxiralari sport kollejida o‘qishni davom ettirdi.2012-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston davlat teatr institutini tamomlagan. U O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ mukofotini oldi. Yigitali Mamadjonov 2011-yilda „Yozsiz yil“ (Yozsiz yil) oʻzbek dramatik filmida suratga tushganidan soʻng Oʻzbekistonda keng eʼtirof va shuhrat qozongan.

Aktyorga eng katta shuhrat keltirgan filmlardan biri 2013-yilda suratga olingan „Poyga“ filmi edi. Bu film o‘zbek kinosida yangi sahifalarni ochgan film sifatida eʼtirof etilgan. Qolaversa, 2020-yilda suratga olingan Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan Ilhaq filmi uni yanada mashhur qildi. Yigitali 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda ishtirok etgan[3].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Mamajonov 2012-yilda Rayhon G‘aniyeva bilan turmush qurgan.2014-yil 1-mayda Mamajonov va Rayhon egizak o‘g‘il farzandli bo‘ladi[4] . 2015-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida atigi ikki yil birga yashagan Mamajonov va Rayhon ajrashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi[5]

2018-yilda Yigitali Mamajonov O‘zbekiston xalq artisti Lutfilla Saʼdullayeva va Gulchehra Saʼdullayevaning kenja qizi Muqaddas Saʼdullayevaga uylandi[6]

Bolalari

Remove ads

Filmografiyasi

Quyida Yigitali Mamadjonov suratga tushgan filmlarning xronologik tartibda roʻyxati keltirilgan.[7][8]

Batafsil maʼlumot Yil, Film ...

Televizion seriallari

Batafsil maʼlumot Yil, TV seriallar ...

Kliplari

Batafsil maʼlumot yil, Qoʻshiqchi ...

Mukofotlari

  • 2011-yilda O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ mukofotiga sazovor bo‘lgan.
  • 2012-yilda u M&TVA gʻolibi boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads