Yuriy Rijko
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Yuriy Aleksandrovich Rijko (belaruscha: Юрый Аляксандравіч Рыжко; 1989-yil 10-oktyabr, Minsk) – belaruslik futbolchi, himoyachi. Xalqaro toifadagi sport ustasi (2011).
Remove ads
Faoliyati
Klublardagi faoliyati
Yuriy Aleksandrovich Rijko 8 yoshidan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. Minsk 5-bolalar va o‘smirlar sport maktabi klubida mashgʻulotlarini boshlagan. Birinchi murabbiyi – Yuriy Veniaminovich Rassolko.
Rijko futboldagi ilk professional faoliyatini 2006-yilda „FC BATE Borisov“ klubi safida boshlagan (2006—2009-yillarda „FC BATE Borisov“ klubida jami 69 ta oʻyin oʻtkazgan, 7 ta gol urgan). 2008-yilgi mavsumda Rijko Belarus chempionatida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazadi. 2009-yilda „Smorgon“ klubida ijara asosida oʻyin olib borgan boʻlsa, 2010-yil 12-yanvarda oʻyinlarini davom ettirish uchun „Torpedo“ klubiga oʻtadi. Uch mavsumdan soʻng klub va futbolchi oʻrtasida shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
2013-yil mart oyida Rijko „Slutsk“ klubiga oʻtadi[1]. 2013-yilning 30-iyulida esa „Slutsk“[2] jamoasi bilan shartnomani bekor qilib, 1-avgust kuni Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. 2014-yilning 10-fevralida esa Namanganning „Navbahor“ futbol klubi safiga qoʻshiladi va bir muddat ushbu klub safida faoliyatini davom ettiradi[3].
2015-yil avgust oyida futbolchi „Isloch“ klubida oʻyinlarini davom ettira boshlaydi[4] va ushbu jamoa bilan birgalikda Oliy liga oʻyinlariga yoʻl oladi. 2016-yilgi mavsumda Rijko asosiy tarkibda markaziy himoyachi vazifasida oʻyin olib boradi. „Isloch“ bilan birga 2017-yilgi mavsumga tayyorgarlik koʻrishni boshlaydi, ammo chempionat boshlangunga qadar arizasi koʻrib chiqilmay, jamoa safini tark etishga majbur boʻladi.
2017-yil iyul oyida Rijko „Naftan“ terma jamoasi tarkibiga qoʻshiladi. Yangi klub safida 31-iyul kuni „Slutsk“ga qarshi kechgan oʻyinda (1:0) burchak toʻpidan raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi va shu orqali oʻzining „Slutsk“dagi oʻrnini mustahkamlaydi, jamoada markaziy himoyachi, himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻyin olib boradi. Oktyabr oyida esa kelishilgan oʻyinlar boʻyicha shartnoma natijalariga koʻra Rijko 11,5 ming rubl miqdorida jarimaga tortiladi[5].
2018-yil yanvar oyida „Smolevichi“ klubi tarkibiga qoʻshiladi. Jamoa tarkibida bir necha marotaba oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etadi, biroq fevral oyida kelishilgan oʻyinlar tufayli ABFF tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan jamoadan butunlay diskvalifikatsiya qilinadi[6], shundan soʻng Rijko „Smolevichi“ jamoasini tark etadi.
ABFF qaroridan soʻng futbolchi Moldova va Armaniston chempionatlaridan ish topishga harakat qilib koʻradi[7].
Terma jamoadagi oʻyinlari
Yuriy Rijko Daniyada oʻtkazilgan 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. Shuningdek, Belarus olimpiya terma jamoasi safida oʻrtoqlik oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Remove ads
Yutuqlari
- Belarus chempioni: 2008-yil
- Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
- Birinchi liga chempioni: 2015-yil
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads