Zombieland

From Wikipedia, the free encyclopedia

Zombieland
Remove ads

Zombieland (talaffuzi: Zombilend) 2009-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Ruben Fleischer tomonidan suratga olingan komediya janridagi zombilar haqidagi AQSh filmidir. Filmda Woody Harrelson, Jesse Eisenberg, Emma Stone va Abigail Breslin kabi aktyorlar rol oʻynashgan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...

Zombieland filmi ilk bor 25-sentabr 2009-yilda Fantastic Fest yillik kinofestivalida premyera qilindi hamda 2-oktabr 2009-yildan AQSh kinoteatrlarida namoyish etildi. Bu kartina omma tomonidan xush qarshilanib, ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Film budjeti $23.6 million boʻlib, umumjahon boʻylab $102.4 million yigʻishga muvaffaq boʻldi. Film sikveli boʻlmish Zombieland: Nazorat zarbasi 2019-yilda chiqarildi.

Remove ads

Syujeti

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Columbus (Jesse Eisenberg) ismli qoʻrqoq yigit zombilar apokalipsisidan omon qolish maqsadida Tallahassee (Woody Harrelson) ismli tajribali zombilar qotiliga qoʻshilishga majbur boʻladi. Tallahassee Columbus bilan birga Yer sayyorasidagi soʻnggi Twinkie shirinligini topish missiyasiga kirishganida, ular omon qolish uchun tartibsizlik paytida gʻayrioddiy usullarni qilishga majbur boʻlgan ikki opa-singllar — Wichita (Emma Stone) va Little Rock (Abigail Breslin) bilan uchrashishadi.

Remove ads

Rollarda

Relizi

Batafsil maʼlumot Mamlakat, Premyera sanasi ...

Saundtrek

Film musiqasi David Sardy tomonidan bastalangan. Saundtrek 6-oktabr 2009-yilda Relativity Music Group studiyasi tomonidan chiqarilgandir.

Metallica guruhi ijrosidagi „For Whom the Bell Tollsand“ ashulasi filmning ochilish kreditlar sahnasida qoʻllandi.

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini David Sardy yaratgan.

Batafsil maʼlumot №, Nomi ...

Manba:[3]

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads