bugun
From Wiktionary, the free dictionary
Remove ads
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
bu-gun
Aytilishi
Etimologiyasi
BUGUN ’soʻz borayotgan kun’. B u g u n siz bilan suhbatlashgani vahtim boʻlmasa kerak. Bu ravish asli bu koʻrsatish olmoshi va ’bir kecha-kunduz’ maʼnosini anglatib qatnashgan kün soʻzlaridan tuzilgan birikmani (ДС, 119: bu kün ’segodnya’) bir soʻzga birlashtirish bilan hosil boʻlgan (ДС, 132: bükün); avvallari kün soʻzi tarkibidagi unlining taʼsiri bilan bu olmoshi tar — kibidagi u unlisi ham yumshoq talaffuz qilingan; keyinchalik ü unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqol-gan; birikma yaxlit talaffuz qilingani sababli ikki unli oraligʻidagi k undoshi g undoshiga almashgan: bu kün > bükün > bukun > bugun.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
asli bu + kun
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1. rvsh. Soʻz borayotgan paytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun, kecha-kunduz. ◆ Men senga munosib emasligimni bugun bildim. S. Ahmad, „Ufq.“ ◆ Azizxonning buguniga, ertasiga Lutfiniso juda-juda zarur edi. S. Ahmad, „Ufq.“ ◆ Oʻtgan kuni ham, kecha ham, bugun ham shunday qilmoqchi boʻldi-yu, bari bir koʻngli chopmadi. A. Obidjon, „Akang qaragʻay Gulmat.“
2. ot vzf. Hozirgi payt, hozirgi kun. ◆ Bugunimiz juda yaxshi, ertamiz bundam ham yaxshi boʻladi. Bugunni oʻylama, ertani oʻyla. Maqol.
- Bugun emas, erta yoki bugun boʻlmasa, erta(ga,) Yaqin fursatda, tez orada, hademay. ◆ Mana shularni [dushman tayyorgarligini] nazarga olganda, bugun boʻlmasa, ertaga juda dahshatli jang boshlanishi muqarrar edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz.“
Sinonimlari
Antonimlari
БУГУН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Tillar
Ruscha ru
bugun
сегодня; сегодняшний день; ◆ shu bugun сегодня, сегодня же; именно сегодня; только сегодня; ◆ bugun-erta или ◆ bugun emas , erta не сегодня-завтра, со дня на день, на днях; ◆ bugunni oʻylama, ertani oʻyla думай не о сегодняшнем дне, а о завтрашнем; ◆ bugundan boshlab начиная с сегодняшнего дня.
Remove ads
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads