erta

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

er-ta

Aytilishi

Etimologiyasi

ERTA 'odatdagidan birmuncha oldin』.  Bu yil bahor e r t a keldi . Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi 』oʻt-\ 』kech-』 maʼnosini anglatgan ert- feʼlidan (Devon, III, 430; DS, 182) -ä qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 303; Devon, I, 145; DS, 182): ert- + ä = ertä; shunga koʻra ertä soʻzi dastlab 'oʻtgan, kechgan vaqt』 maʼnosini bildirgan, 'barvaqt』 maʼnosi shu maʼnodan oʻsib chiqqan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 rvsh. Belgili, odatdagi, meʼyoriy vaqtdan ancha yoki birmuncha oldin, barvaqt, vaqtli.  Erta turmoq. Erta borib, kech qaytmoq. Erta qarigan kishi. Bu yil qish erta keldi. Ekinni erta ekkan hosilini erta oʻrar. Maqol .  Harakating erta boʻlsa, kuzda erta oʻrarsan. Maqol . n  Raʼno suv salqinida bugun ham erta uxlab qoldi. I. Rahim, „Ixlos「 .

2 Vaqt, fasl bildiruvchi baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu vaqt, faslning eng (endigina) boshlanish vaqtini bildiradi.  Erta tongdanoq ishga yoʻl olarkan.. qalbida ajib hislar mavj ura boshladi. Gazetadan .  Ikromjon, erta bahor Naymanga koʻchib chiqayotganlarida, Azizxonga yozilgan xatga qoʻl qoʻydi. S. Ahmad, „Ufq「 .  Erta nahor chogʻida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin shamoli esib turganda.. Kaspiy ajib jilvagar koʻ-rinardi. N. Safarov, „Olovli izlar「 .

3 kesim vazifasida. Biror ish-harakatni ba-jarish, amalga oshirishga hali vaqt bor-ligini, vaqti kelmaganligini bildiradi.  Uyga borishni istamadi, lekin gapga borish-ga hali vaqt erta edi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .  Hali yotmoqqa vaqt erta edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

4 ot Tundan kunga oʻtish vaqti, tongdan soʻnggi payt; ertalab.  Nosvoy yoʻq, ertadan beri xumoriman. Oybek, „Tanlangan asarlar「 . Nima qilibdi yuragimga? Menga oʻxshab er-tadan kechgacha uyda oʻtiring-chi. A. Qahhor, Asror bobo.

5 ot Kelasi kun, soʻz borayotgan kundan keyingi kun.  Bu voqeaning ertasi. Esarning ertasi koʻp. Maqol .  Bugun boʻlmasa, erta. Bugunmi, ertami, oʻqishni boshlaymiz. v  Sizlar chiqinglar.. ish boʻlmasa, yotinglar, erta vaqtliroq turib, yovonga goʻng ta-shiysizlar. S. Ayniy, „Qullar「 .  Direktorimiz erta bor, indin bor, deb ishni choʻzib yubor-dilar. "Mushtum" .

Erta bilan Ertalab.  Shahid boʻlgan sarbozlarni ertaga erta bilan shu yerga koʻmishni aytgan karvonboshi.. otga qamchi bosib, Xoʻqand sari chopdi. Mirmuhsin, „Meʼmor「 . Erta bir kun Ish-harakat, hodisaning kelgusiga oidligi, kelgusida boʻlishini bildiradi.  Kimlar esa bugun gʻolib, Erta bir kun zabundir. E.Vohidov, „Sharqiy qirgʻoq「 . Erta kunda Umuman; har vaqt, doim.  Erta kunda janjal. v  Himmat-ku erta kunda yoʻq, yana oʻzi oʻlgudek baxil.. "Mushtum" .

Sinonimlari

Antonimlari

ЭРТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Tillar

Ruscha ru

erta
1 ранний; // рано;  ~ bahor (или koʻklam) 1) ранняя весна; 2) ранней весной;  ~ sahar задолго до рассвета;  bu yil qish ~ keldi зима нынче ранняя;  ~ pishar ранний, скороспелый;  ~ pishar oʻrik ранний (скороспелый) абрикос;  hali vaqt ~ ешё рано;  ~mi-kechmi рано или поздно;  ~dan kechgacha с утра до вечера; весь день;  ekiyni ~ ekkan, hosini ~ oʻrar посл. рано посеявший рано и пожнёт;
2 утро, утреннее время;  ~ bilan утром;  Nosvoy yoʻq, ~dan beri xumoriman (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Насвая нет, с утра хочу заложить;
3 завтра; // завтрашний день;  bugunni oʻylama, ~ni uyla посл. думай не о сегодняшнем дне, а о завтрашнем;  bugun emas, ~ или   bugun boʻlmasa ~ не сегодня, так завтра;  ~ga ertalab завтра утром;  ~ga завтра; на завтра;  ~ boraman я пойду завтра;  bugungi ishni ~ga qoʻyma посл. сегодняшнее дело не откладывай на завтра;  ~gacha до завтра;  bu ishni ~gacha tamomlash kerak эту работу нужно кончить до завтра;  ~si(ga) на другой день;  ~si(ga) u biznikiga keldi на другой день он пришёл к нам.

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads