daroz

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

da-roz

Aytilishi

Etimologiyasi

DAROZ Bu sifat ПРСda [deraz] shaklida keltirilib, 'uzun','uzoq muddatli' maʼnolarini    (212), ТжРСda    daroz    shaklida    keltirilib, yukoridagi kabi maʼnolarni anglatishi (118) aytilgan. Oʻzbek tiliga bu sifat tojik tilidagi shaklida olingan boʻlib, asosan 'kishining boʻyi meʼyordan uzun' maʼnosini anglatish uchun ishletiladi (OʻTIL, 1,211).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

|f. yljj - uzun; uzoq davomli

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Baland boʻyli, novcha, boʻychan.  Daroz odam. Daroz terak. Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi. Maqol . ■■  Sodiqjon yigirma yosh-lardagi daroz, ogʻirkarvon, kamgap yigit. S. Siyoyev, „Otliq ayol「 .  Kun botib qolgani uchun bolalarning boʻyi daroz koʻrinadi. S. Yunusov, „Kutilmagan xazina「 .  Lekin bu hovlidagi chuch-momalar juda daroz, poyalari sip-simiq va oq. Sh. Xolmirzayev, „Ogʻir tosh koʻchsa「 .

Darozdan kelgan Novcha, boʻydor.  Darozdan kelgan, yagʻrindor Timofey uzun va baquvvat qoʻllari bilan Sheralini quchoqladi. M. Muqamedov, „Qahramon izidan「 .

2 Uzundan-uzoq, uzun.  Ayta bersa barcha nutqin, Boʻlajak soʻzi daroz. Shayxzoda .  Sid-qi bilan qip edim sizlarga ixlos, Oʻgʻlimning umrini dedinglar daroz. "Erali va Sherali" .

Dastini daroz qilmoq Imkoniyatini oshirmoq, qoʻlini uzun qilmoq.  Besh million soʻmlik imtiyozli qarz uning ishonch va qatʼiyatini oshirdi. dastini daroz qildi. Gazetadan .


Sinonimlari

Antonimlari

ДАРОЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

daroz
высокий, рослый, долговязый, длинный;  ~ odam долговязый человек, «каланча».

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads