egar

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

e-gar

Aytilishi

Etimologiyasi

EGAR ’ot ustida minib oʻtirish abzali’. Oʻtgan zamonda baʼzi davlati oshib-toshib ketgan boylar sunnat toʻyida toyga tilla e g a r urdirib, toʻy— bolaga tilla kamar bogʻlatgan. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’yuqoridan pastga qayir-’ maʼnosini anglatgan eŋ- feʼlining (ЭСТЯ, I, 241) eg- shaklidan (Devon, I, 180; DS, 165) -(e)r qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 242); oʻzbek tilida ikkinchi boʻgʻindagi e unlisi ä unli — siga almashgan: (eŋ- > eg -) + er = eger > egär.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Ot-ulov ustiga uriladigan va minib oʻtirish uchun moslangan abzal.  Ot egari, v  Komil kumush uzangiga oyoq uchini qoʻyib, egarga minib oldi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .

Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi q. ot. Ammo,  "otdan tushsa ham, egardan tushmaydi", deganlaridek, hamma yoqdan mosuvo boʻlsa hamki, hali havosi baland. A. Muhid-din, „Xarakteristika“ . Egar urmoq Egarni ulov ustiga qoʻyib mahkamlamoq.  Badia oti-ning oldiga kelib, uni erkaladi, egar, jab-duq urib, qayishlarini mahkam tortib bogʻ-ladi.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . Egardan tush-moq 1) ot-ulov ustidan tushmoq.  Yaxshilikcha egardan tush-u, qoʻlingni koʻtar. Boʻlmasa, ot ustidan telpakday uchiraman. P. Tursun, Oʻqituvchi; 2) koʻchma kibr-havosi pasaymoq, dimogʻdan tushmoq.  Faqat Samadiygina achitdi: -Endi egardan tushibsiz-da, dohiy. A. Muxtor, „Tugʻilish; 3) lavozimdan boʻsha-moq, mavqeini yoʻqotmoq“ .  Oqpodsho otdan tushsa ham, Said Jalolxon eshon hali egardan tushmagan edi. S. Ahmad, „Hukm“ .  Kalon-dimogʻliging qolmadi-da, polvon! Hamon muso-firchilikni boʻyningga oldingmi, egardan sal tushgin-da! H. Nazir, „Oʻtlar tutashganda“ .

2 Turli mashinalarning odam oʻtiradi-gan joyi, oʻtirgʻichi.  Velosiped egari. Traktor egari.

Sinonimlari

Antonimlari

ЭГАР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

egar
седло; // седельный;  aravakash ~ вьючное седло;  ~ qoshi передняя лука седла;  ~ suyanchigʻi задняя лука седла;  otga ~ urmoq седлать лошадь;  ~dan tushmoq 1) сойти с седла, спешиться; 2) перен. умерить спесь; быть проученным и потерять высокомерные замашки;  otdan tushsa ham, ~dan tushmas погов. он с коня сойдёт, а с седла — нет; он спешится, а высокомерным (спесивым) останется;  

  • ~ qosh 1) брови дугой, изогнутые брови; 2) обладатель (ница) изогнутых бровей;  ~ bel с провислой спиной (о лошади).
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads