solmoq

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sol-moq

Aytilishi

Etimologiyasi

SOL- ' biror narsani boshqa bir narsaning ichiga qoʻy—'. Bozorboy yana bir xokandoz choʻgʻ keltirib, oʻchohha s o l d i (Parda Tursun). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl asli sal— tarzida talaffuz qilingan (ДС, 482); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: sal- > sâl—.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Biror narsa ichiga yoki ustiga joylamoq, qoʻymoq, tashlamoq.  Narsa-larni chamadonga solmoq. Dastroʻmolni choʻn-takka solmoq. Pichoqni singa solmoq. Samo-varga olov solmoq. Miltiqqa oʻq solmoq. n  Chol "xoʻp" deb, boʻrini qopga solib, ustiga poxol yopib bekitib qoʻyibdi. "Chalpak yoqqan kun" .  Boʻzoʻgʻlonning nasihatin olmadim, Shu Mahmudni zindonimga solmadim. "Yusuf va Ahmad" .  Bir baliqchi daryoga qarmoq solib oʻtirgan ekan. "Ertaklar" .  Nasiba bolasini belanchakka solib allalamoqda. A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar「 .  Laʼlixon soat beshni moʻl-jallab, oshning gurunchini soldi. Oydin, Koʻngil toʻldimi, yaxshi yigit?

Yuziga solmoq Taʼna qilmoq, biror narsani taʼna bilan esiga solmoq.  Yaxshi-bovvning yuragi shuv etib ketdi. Hozir yuzim-ga soladi, deb oʻyladi, men oʻgʻlingni oʻqishga kiritib soʻyuvdim, diplomatlikka oʻqiyotuv-di, endi nega rassomlik qilib yu£ibdi, deb aytadi. M. M . Doʻst, Lolazor. Ut solmoq Qiynamoq, azob bermoq. Qoʻyniga qoʻl solmoq q. qoʻl.

2 Oʻrnatmoq, qoʻymoq.  Uzukka koʻz solmots. Ramalarga oyna solmoq. Tish solmoq.

3 Oʻtirgʻizmoq.  [Xumorxon:] Marasul aka, mashinangizga solib, bir aylantirib kel-sangiz-chi! A. Qahhor, „Ogʻriqtishlar「 .

4 Meʼyori bilan qoʻshmoq; quymoq.  Ov-qatga tuz solmoq. Yerga oʻgʻit solmoq. Samo-varga suv solmoq. n  Ertalabki nonushta-ga beriladigan ovqatga sariyogʻ solinmaydi. S. Ahmad, „Yulduz「 .

5 Bermoq, tashlamoq (molga beriladigan ovqat haqida).  Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sugʻordi, oxurlarga beda soldi. H. Gʻulom, „Feruza「 .

6 Biror holatga tushirmoq yoki biror holatni yuzaga keltirmoq, paydo qilmoq.  Yoqubjonni avvaliga laʼnatladim, keyin oqladim. Negaki, u mening mudroqqa moyil tanimga gʻulgʻula soldi, xayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. M. M . Doʻst, Lolazor.  Yigitalining bemahal kelishi Safarali-ning koʻngliga bir oz shubha solgan boʻlsa ham, u quvongan boʻlib: -Yigitali keldi, Mu-habbat, dedi. N. Fozilov, Diydor.  Qizning qiygʻoch qoshi, jarangli kulgilari kimlar-ningdir yuragiga larzalar solgan. "Saodat" .  Kumushning bu holi bechora onaning yuragini ezar, yuz xil vasvasalarga solar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

7 Biror tartib, yoʻnalish, oʻlchov, vazi-yat va shu kabilarga tushirmoq; moslashtirmoq.  Ish-ni izga solmoq. n  Chunki asarning tilini bezash, oʻz uslubiga solib tarjima qilishni.. uslublashtirish deymiz. "OʻTA" .

8 Yopishtirib tikmoq, ulamoq.  Uloq solmoq. Yamoq solmoq.

9 Toʻshamoq, yozmoq.  Oʻrin solmoq. Koʻrpacha solmoq. Dasturxon solmoq. m  Goʻroʻgʻli bilan Sherniyozning yoʻllariga poyandozlar solishdi, izzat-ikrom bilan Qosimxonning oldiga olib borishdi. "Gulshanbogʻ" .  Kumushni oʻrin yozishga qoʻymay, oʻzi nap toʻshakni olib, yerga soldi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

10 Toʻshamoq, yotqizmoq.  Yoʻllarga shagʻal solmoq.

11 Roʻpara qilib, qaratib qoʻymoq, tut-moq.  Xatni chiroqqa soliboʻqimoq. yat Qizoʻzi-ni oynaga soldi. "Sharq yulduzi" .  Karim, Ota pismiq, Qoraxoʻjalar Mirolim buvaning dar-vozaxonasida oʻzlarini oftobga solib oʻti-ribdi [dedi Said]. E. Raimov, „Ajab qishloq「 .  Togʻay kutgan hol yuz berdi: otasi shishani yoruqqa solib koʻra boshladi. "Yoshlik" .

12 Quritish, achitish, pishirish uchun qoʻymoq.  Mayiz solmoq. Qotsi solmoq. Vino solmoq. n  Jannat xola shoshib un chalib, quymots soldi-da, boltani qoʻliga olib, toʻ-qayga qarab ketdi. S. Ahmad, „Ufq「 .

13 Toʻlov majburiyatini yuklamoq, bel-gilamoq.  Soliq solmoq. Jarima solmoq. n  Menga qolsa, bu kunlarda [xalqqa] oʻttiz ikki tanga emas, oʻttiz ikki qora pul solish ham ogʻirdir. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

14 Biror kimsa yoki koʻpchilik muhoka-masiga qoʻymoq, hukmiga topshirmoq, havola qilmoq.  U kishi majlisga solgan ish boʻlmay qolmaydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .

Bir-biriga solmoq Bir-biriga havola qilmoq, toʻnkamoq, sansalorlikka solmoq.
Oʻrtaga solmoq 1) koʻpchilikning muhokama-siga qoʻymoq, hukmiga topshirmoq.  Azbat-ta! Umumiy majlis qshyumiz,- oʻrtaga sola-miz. A. Qahhor, Bek; 2) koʻchma roʻkach qilmoq.  Ikkinchi marta erga chiqishim haqida birinchi ogʻiz ochgan qaynonam boʻldi. Bolalarimni oʻrtaga soldi. H. Gʻulom, Mashʼal; 3) koʻchma oʻrtada baham koʻrmoq, umumlashtirmoq.  Kap-sanchilar Bahrobodda sobiq batrak va chora-kordan tashkil topgan bir kolxoz borligi-ni, ular yer-suv, ot-ulov, asbob-uskunalarini oʻrtaga solib, sheriklik dehqonchilik qilish-larini eshitgan. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .

15 Biror narsa yoki kimsaga yoʻnaltir-moq, qoʻymoq.  Ovga qush solmoq. n  Dobil cha-lib, qushlar solib kelay deb, Yolgʻiz borib qoldim Xovdak koʻlina. "Gulshanbogʻ" .  Navkar, ot solib bordi-yu, Hasan qaygʻichini uloqday azot koʻtarib, egarga oʻngarib oldi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik「 .  Kecha manavi kartaga Dildor traktor solmagan edi. S. Ahmad, „Ufq「 .

16 Biror ishga, harakatga tushirmoq, yoʻllamoq, tashlamoq.  Butun kuchlarni jangga solmoq.

17 Yollab ishga tushirmoq.  [Buxgalterning xotini] Oʻzi ishlamagani-ishlamagan, yana odam solib berasan, deb har kuni xapxauta qilgani ortiqcha. Q. Maqsudov, „Saodatli chamanda「 .  Menga qarang, uyga hech usta sol-ganmisiz? "Yoshlik" .

18 Arqon, zanjir kabi narsalar urib, tashlab band etmoq, bogʻlamoq.  Boʻyniga sirt-moq solmoq. Oyoqlariga kishan solmoq. sht Eh-he, hali shundaymi? Nuri opangiz tushini suvga aytsin, zanjir solib sudrasalar ham, boshqa yoqqa bormayman. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

19 Qismlarini bir-biriga tushirmoq, oʻrniga qoʻymoq.  Mashinaga ip solmoq. Koʻy-lakning tugmasini solib olmoq. yat Bolalar tezgina eshikni yopib, orqasidan zanjirni solib qoʻydilar. Oydin, „Hazil emish「 .

20 Barpo qilmoq, qurmoq, yasamoq.  Uya solmoq. Uy solmoq. sht Hozir birov imorati-ni oʻxshatib solsa, boshqalar ham undan kol-may deb tirishadi. N. Norqobilov, „Toʻqna-shuv「 .  Amudaryo va Sirdaryoning kuyi kismi baliklarning urugʻ tashlaydigan, yovvoyi hayvonlarning urchiydigan, qushlarning uya soladigan joyidir. "Fan va turmush" .

21 Hozirlamoq, tayyorlamoq; qurmoq.  Chilim solmoq. Argʻimchok solmoq. n  Darvozadan oʻn beil odimlar narida.. darvoza beklari gulxan solib, chilim chekib oʻtiradilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

22 Zarb bilan urmoq, tushirmoq.  Tarsa-ki solmoq■ Musht solmoq. Aylantirib solmoq■ Qilich solmoq■ Qulok-chakkasiga solib qolmoq. n  Qoʻling qichigan boʻlsa, biqiniga solmaysanmi, betigayamurasanmi, nodon!" Yoshlik" .  Kuching yetmas ekan, nima kilarding bellashib, tosh-posh bilan jon joyiga solmaysanmi oʻxshatib. "Yoshlik" .

23 Chizmoq, ishlamoq, yasamoq (gul, naqsh va shu kabilarni).  Rayem solmoq■  Hozirgi oʻsmir-lar har xil narsalarning surati solingan kiyimlarni koʻprok yaxshi koʻrishadi. Gazetadan .

24 Osiltirmoq, solintirmoq.  Er yigit-ning bosh solgani — oʻlgani. Maqol . ■■  Ali-mardon karavotga koʻllarini tiragancha, boshini kuyi soliboʻtirardi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol「 .

25 Yechmoq, olib tashlamoq, tushirmoq (kiyimni).  Koʻylak yechar, — dedi Kumri turgan kuyi va koʻylagini yechib tashladi. — Ish-ton solar. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon「 .

26 bot. Tugmoq, guldan meva holiga oʻt-moq.  Qovok beshta solibdi. m  Uch tup tar-vuzning har biri oʻntadan solgan ekan. "Chal-pak yoqqan kun" .

27 Qoʻshma feʼllar tarkibiga kiradi, maye.,  asos solmoq, vahima solmoq, gapga solmoq, dam solmoq, dahshat solmoq, dod solmoq, esga solmoq, qorin solmoq, quloq solmoq. "  [Fazilat ona] Toʻgʻri kelgan odam-ning koʻksiga oʻzini tashlab, uvvos soladi. M. Hazratqulov, „Jurʼat「 .  Gulnorpari oʻtkizdi-da, kanizini gapga soldi. "Gulnorpari" .  Normat qoʻshiqka quloq solib, ichkaridagi odamning chiqishini kuta boshladi. S. Ahmad, „Ufq「 .

28 =a/=y yoki =(i)b affiksli ravish-dosh bilan kelib, shu ravishdosh orqali ifodalangan ish-harakatning batamom yoki roʻyirost bajarilganligini bildiradi.  Bor gapni aytib solmoq. m  Yaxshiboyev indamay turdi. Sezdiki, Kuziboyning dardlari choʻng, dardlarini tamom toʻkib solmoqchi — tasalli kor qilmaydi. M. M . Doʻst, Lolazor.  Nizom-jon chidamadi. Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, kiz-ni izlab, yana dalaga karab ketdi. S. Ahmad, „Ufq「 .

29 =a/=y affiksli ravishdosh bilan koʻmakchi feʼl vazifasida kelib, shu ravishdosh orqali ifodalangan ish-hara-katning darhol bajarilganligini bildi-radi.  Bola tura solib, uyiga qochdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .  Zamon kela solib, u odamdan soʻradi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .

Boshiga solmoq Ataylab yomonlik qilmoq.  Bu yerlarga kelgan ketmaydi omon, Boshingga solarman oxirat zamon. "Malikai ayyor" . =ga solmoq ..qilib koʻrsatmoq.  Oʻzini uxlaganga solmoq. m  [Maqsud qori:] Menga qara, eshon bola, oʻzingni goʻllikka solma. X. Toʻxtaboyev, „Yillar va yoʻllar「 . -Oʻzingizni ovsarlikka so-laversangiz, hujjatni biz koʻrsatamiz, — dedi nihoyat tergovchi.. "Yoshlik".  Toshpoʻlat uning tagdor gaplariga dafʼatan tushunmadi, oʻzini loqaydlikka solib, uni quvvatlagan boʻldi. K. Yashin, „Hamza「 . =dan olib, =ga solmoq Hadeb, zoʻr berib takrorlamoq, qayta-qayta aytmoq, atamoq(koyish, haqorat soʻzlari ha-qida).  Bordi-yu, ishing sal "ertaga" qolganini bilsa.. toʻradan olib, toʻraga soladi. A. Muxtor, „Opa-singillar「 .  Majlis tarqagandan keyin Naimiy Onaxondan uzr soʻradi, oʻzini nodondan olib, nodonga soldi. A. Muxtor, „Opa-singillar「 . Yoʻlga solmoq 1) tartibga chaqir-moq, toʻgʻri yoʻl koʻrsatmoq.  Ahmad mahallada-gi bolalarni yoʻlga solib turardi. "Yoshlik"; 2) biror ish-harakatni qilishga undamoq .  Oʻgʻlimni shu odam yoʻlga solgan, xotining bilan ajrash, degan; 3) hiyla-nayrang bilan aytganini qildirmoq .  Meni aldab sololmay-san yoʻlingga.. "Malikai ayyor" . Nazar (yoki razm) solmoq Qaramoq, boqmoq.  Ikki pari yuzidan pardasini oldi. Goʻroʻgʻliga qarab, bir nazar soldi. "Gulshanbogʻ" .  Samandar hayajon ichida qizga bosh-oyoq razm soldi. S. Karomatov, „Bir tomchi qon「 . Ogʻiz solmoq Kelin-likka yoki xotinlikka soʻramoq.  Shu yili koʻklamda Mirhamid mirobning bevasiga ogʻiz soldi. "Yoshlik" . Oʻzini u yoq-bu yoqqa solmoq 1) dangasalik qilmoq; 2) biror ishni qil-maslik uchun bahona topmoq.

Sinonimlari

Antonimlari

СОЛМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Feʼl

solmoq solmoq

Ruscha ru

solmoq
1 класть, положить; вкладывать; помещать;  oshga tuz solmoq солить пищу;  aravaga solmoq грузить на арбу;  yerga oʻgʻit solmoq закладывать удобрение в землю;  kitobni chamadonga solmoq положить книгу в чемодан;  pichoqni qiniga solmoq вкладывать нож в ножны;  qopga bugʻdoy solmoq насыпать пшеницу в мешок;  samovarga suv solmoq наливать воду в самовар;  oʻzini oftobga solmoq расположиться на солнышке; xatni chiroqqa solib oʻqimoq читать письмо при свете лампы (придвинув к свету);
2 стлать, постилать; расстилать;  oʻrin solmoq стлать постель;
3 выкладывать, раскладывать;  qoqi solmoq выкладывать на просушку, вялить, провяливать, сушить (яблоки, груши и т. п.);
4 пускать, напускать; направлять; набрасывать;  burgutni qirgʻovulga solmoq пускать беркута на фазана;  ot solmoq пускать лошадь; направлять лошадь; uni oldingga solib olib kel приведи его, пригони его (пустив его впереди себя);
5 ввергать, повергать;  tashvishga solmoq повергать в тревогу;  ogʻir ahvolga solmoq ввергать в тяжёлое положение;
6 устраивать, поднимать, создавать; вызывать;  arasot solmoq поднимать сумятицу;  shovqin solmoq поднимать шум;  dod-faryod solmoq звать на помощь, кричать караул;
7 вставлять;  tish solmoq вставлять зубы (кому-л.);  oyna solmoq вставлять стекло; uzukka koʻz solganday см. uzuk;
8
строить, ставить, сооружать; основывать, закладывать;  imorat solmoq строить здание;  yoʻl solmoq строить дорогу;  koʻprik solmoq сооружать мост;
9 бить, ударять; хлестать;  qamchi solmoq хлестать плетью;  qilich solmoq рубануть, ударить саблей (мечом); solib qolmoq нанести неожиданный удар; aylantirib soldi он ударил с размаху;
10 надевать, налагать;  oyoqqa zanjir solmoq заковывать ноги в кандалы; Ot boshiga soldi tilla yuganni... («Алпомиш») На голову лошади он надел золотую узду...;
11 чертить, рисовать; вырезывать, резать; rasm (или surat)  solmoq рисовать, делать иллюстрацию;  toshga gul solmoq заниматься резьбой по камню;
12 заквашивать; ставить на выстойку (напр. вино);  musallas solmoq ставить мусаллас;
13 заставлять платить, выплачивать; накладывать;  soliq solmoq наложить налог;
14 ставить (на рассмотрение), предлагать для обсуждения; ссылаться на кого-что-л.;  bir-biriga solmoq ссылаться друг на друга; затягивать (дело);  oʻrtaga solmoq 1) выдвинуть для обсуждения; 2) перен. выдвигать доводом; поводом; 3) перен. отдавать в общее пользование, обобществлять;
15 раздевать(ся); снимать, сбрасывать (одежду); oq solar этн. снимание траурных одежд (по истечении определённого срока, обычно через девять или одиннадцать месяцев); - Kuylak yechar! - dedi Qumri... va kuylagini yechib tashladi. - Ishton solar! (А. Ќодирий, «Мећробдан чаён»); Платье снимается! - сказала Кумри ... и сбросила платье. - Штаны снимаются!;
16 давать завязь (о растениях);
17 в сочетании с именами образуют сложные глаголы;  asos solmoq закладывать основы; основывать;  boshni quyi solmoq 1) понуриться, опустить голову; 2) перен. признавать вину, приходить с повинной; 3) перен. обращаться со смирённой просьбой;  boʻyin solmoq 1) понуриться; 2) перен. соглашаться, уступать;  izga solmoq налаживать; направлять;  ishga solmoq 1) пускать в ход, вводить в действие; использовать; употреблять;  zavodni ishga solmoq вводить в действие завод;  oxirgi chorani ishga solmoq прибегать к крайним мерам; Oʻrus orasida yurib, besh-oʻnta soʻz oʻrganib olganman, shuni ishga solaveraman (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Бывая часто среди русских, я научился нескольким словам и то и дело употребляю их; 2) заставлять работать; ahmoqni urma, soʻkma, ishga sol погов. дурака не бей, не брани, а заставь работать; 3) перен. разг. обработать; настропалить;  musht solmoq ударить кулаком; пустить в ход кулаки;  ogʻiz solmoq 1) упоминать чьё-либо имя с матримониальными намерениями; 2) сварить молозиво;  chang solmoq вцепиться, схватить;  chilim solmoq набить и зажечь кальян;  qarmoq solmoq закидывать удочку;  oʻzini ...ga solmoq притворяться, прикидываться; делать вид;  oʻzini goʻllikka solmoq притворяться наивным (глупеньким);  oʻzini kasallikka solmoq притворяться (прикидываться) больным;
18 с деепр. на -a]]/y и на -(i)b другого глагола выступает в роли вспомогательного глагола и выражает: 1) мгновенность действия: tura solib qochdi он сразу (тут же) встал и убежал; u uyga kira solib, karavotga oʻzini tashladi едва войдя в комнату, он бросился на кровать; 2) законченность действия:  qaygʻu-hasratini toʻkib solmoq выложить (излить) до конца все свои печали;  ochib solmoq раскрыть до конца; Joʻra bu toʻgʻrida bilgan-eshitganlarini toʻkib soldi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Джура выложил всё, что знал об этом; 3) внезапность действия: Ushlaymiz deb haligi bolani quva soldi («Гўрўѓли») Чтобы поймать того мальчишку, он пустился за ним;  

  • olmoqdan-solmoq см. olmoq.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads