yer

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Turkcha (tr)

yer

joy, mavqe, oʻrin, yer

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

yer

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 (Ye — katta) Quyoshdan keyingi uchinchi planeta.  Yer shari. Yer aylanasi. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yerning sunʼiy yoʻldoshi. n  ..agar Yer sharining yarmi tilla, yarmi yer boʻlib, birov mendan qaysi tomonida yashaysiz, deb soʻrasa, men ikkilanmay, yer to-monini tanlagan boʻlardim. N. Fozilov, „Kush — qanoti bilan「 .

2 Shu planetaning kurukdik qismi (suv bilan qoplangan qismiga qarama-qarshi qoʻy il ganda).  Yer planetamizning oltidan bir qismini tashkil etadi.

3 Planetamiz qobigʻining sirtqi qat-lami.  Yer bagʻri. Yer osti boyliklari. Qora (qaro) yerga kirgur! (qargʻ.). Yer yutgur! (qargʻ.). Osmon uzok,, yer qattiq. Maqol . m  Bir vaqt yer osti dukillagandek boʻldi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon「 .

4 Narsalar turgan, tirik organizmlar hayot kechirayotgan yuza, sath (shaxe yoki boshqa narsalarga nisbatan).  Yerga paloye solmoq. Tomdan yerga qulamoq. Kosa stoldan yerga tushib sindi. Yerga tushgan — 'yetimniki. Maqol. n  Sidiqjon boʻsagʻadan bir qadam ichkarida choʻnqaydi-da, bolani yerga qoʻyib, onasiga yoʻlladi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .

5 Yer sathining muayyan bir qismi; joy, hudud.  Toshloq yer. Obod yer. Haydalgan yer. Baland-past yerlar. m  Yigit ufqlarga tu-tash yerlarni koʻzdan kechiradi. Gazetadan .  Yaradorlarni tezda xavf-xatarsiz yerga olib chiqish zarur boʻlib qoldi. T. Rustamov, „Mangu jasorat「 .

6 Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan tuproq qatlami, ekin, daraxt va sh. k. ekiladigan joy, maydon.  Men ham dehqon bolasiman.. Otam Odil koʻr degan qoʻqonlik boyning yerini jar edi. A. Qahhor, „Asarlar「 .  Mehnati-la gullatar Bir tanobcha yerini. Gʻayratiy .  Choʻl odami xuddi yantoqqa oʻxshashi kerak.. oyogʻi ostidagi rizqi sochilgan yerga chukur tomir otishi lozim. Gazetadan .  Yering boʻlsa, mehnati ham, rohati ham oʻzingniki boʻladi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

7 Biror narsa band qilib turgan, egal-lagan oʻrin, joy; makon.  Daraxt bir yerda koʻkaradi. Maqol . ■■  Hokim choʻzilib yotgan yeridan turib, tashqari chiqdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .  Ofitser yiqildi va yotgan yerida qoʻlini koʻtardi. A. Qahhor, „Oltin yulduz「 .

8 Biror mamlakat, davlat, xalq, xoʻjalik va shu kabilarga qarashli hudud.  Qoni, eti., yeri, tili., bir boʻlgan bir xalq nima uchun ikki dushman guruhga boʻlinib, bir-birining qonini toʻkadi?OShek, Navoiy .  Oʻn uch xoʻjalik yerini qoʻshibdi.. traktor bir yarim kun ishlab, tizza boʻyi haydab beribdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .

9 Biror narsaning yoki aʼzoning ayrim qismi, oʻrni, nuqtasi, joyi.  Gilamning bir yerida dogʻi bor. Haq  yerini topar. Maqol .  mi Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki yeridan chatilgan va Otabekka atal-gan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .  ..besh yeridan oʻq yeganiga qaramay.. yer bagʻirlab ketishdi. Oybek, „Quyosh qoraymas「 .  Hoji xola oʻz tarjimai holining juda koʻp yerlarini tashlabketdi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat「 .o.

10 Ish joyi, muassasa, tashkilot.  Ish-lagan yeridan hujjat keltirmoq. Biror yerga arz qilmoq. yaya [  Badriy:] Sizlar bilan boshqa yerda gaplashaman!3. Said, „N「 . Safarov, Tarix tilga kirdi.

11 (j., oʻ.-p., ch. k. shaklida) koʻm. vazifasida. Payt, oʻrin, sabab kabi munosabatlarni bildiradi.  Kutilmagan yerda shaharning aʼyonlaridan boʻlgan Salim sharbatdor deganning Komilbek ismli oʻgʻlidan sovchilar kelib qaldi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .  Roʻzimat aytmoqchi, gap boshqa yerda boʻlishi ham mumkin. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .  Sariq apʼtsni kiyishga chogʻlab koʻrgan boʻlsa-da, biroq koʻylakni olgan yerida bu fikrdan qaytdi. K. Yashin, „Hamza「 .

Yer bilan yakson boʻlmoq q. yakson. Yer boʻlmoq Yoʻq boʻlmoq, yerga kirmoq.  Elga qoʻshilsang, er boʻlasan, eldan ajralsang, yer boʻlasan. Maqol .  Koʻp otz bir boʻlsa, bir otz yer boʻlar. Maqol . Yerga urmoq Qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq.  Men nomus-orimni yerga urgan dushmanimning qonini oʻz qoʻlim bilan toʻ-kishim kerak.. K. Yashin, „Hamza「 .  Qoʻysangiz-chi.. Uzingizni juda ham yerga urib yubordingiz-ye. K. Yashin, „Hamza「 . [Yuzini] Yerga qaratmoq Nomus-hijolatga qoʻymoq.  El-yurt ichida olamga dovrut ketgan otamning yuzini yerga qaratdi. K. Yashin, „Hamza「 .  Vatanning amri shu, burchingni bajar, Oxiri yuzimni yerga qaratma! Gʻayratiy .  Uyalmaysanmi.. "Men falonchiga tegaman", deb ota-onangni yerga qaratib qoʻyishga! \amza, Paranji sirlari . Yer ostidan qaramoq Yuzni yer tomonga qilgan holda roʻparasidagiga qaramoq.  Ertoyev.. yigitlarga yer ostidan bir qaradi-yu, pesho-nasidagi ajinlari yozilib, kutilmaganda xushnud jilmaydi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa「 . Yer(ning) tagida(n) boʻlsa ham Qayer-da(n) boʻlsa ham.  Ma, laylak, yer tagidan boʻlsayam, ikkita vino topib ke. S. Siyoyev, „Yorugʻlik「 . Yer tishlamoq q. tishlamoq.  Bom-bardimonda yuzlab fashist soldat, ofitser-lari yer tishladi. Yer chizib qolmoq q. chizmoq.  Kamol qozi ancha past tushib, Safoxon toʻra oldida yer chizib qoldi. K. Yashin, „Hamza「 . Yer yuzi Butun dunyo, olam.  Bu xabar butun yer yuziga tarqaldi. Yer yuzidan kelayotgan xabar-lar. Yer qilmoq Qaggiq beobroʻ qilmoq, „yerga kiritmoq「 .  Siz rahbarsiz! Meni bir imo bilan yer qilib qoʻyishingiz mumkin. S. Nurov, „Narvoy「 . Burnini yerga ishqamoq Rosa taʼ-zirini, adabini bermoq. Gapni bir yerga qoʻymoq q. ran. Osmon yiroq (uzoq), yer qatgiq Hayot, yashash sharoiti nochor va ilojsizlik holatida degan maʼnoda qoʻllanuvchi ibora.  Ibn Yamin tabiblik, Jahonbuvi doyalik qi-lishdi. Lekin bu bilan ham murod hosil boʻl-madi. Osmon uzoq, yer qattiq edi! Sal kunda olti bola.. olamdan oʻtdi. K. Yashin, „Hamza「 . Soʻzini (yoki gapini, iltimosini) yerda qol-dirmoq Soʻzini (gapini, iltimosini) ba-jarmaslik, inobatga olmaslik.  Oyim bu-vimning soʻzini yerda qoldirmadi-yu, oʻylab-oʻylab, oxiri "Damir"ni topdi. \. Nazir, „Yonar daryo「 .  Gavhar uning qorontda tra-shira koʻrinib turgan mehribon chehrasidan bu sa-far ham iltimosini yerda qoldirolmaganini tushundi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol「 . Tuyaning dumi yerga tekkanda q. tuya. Qolgan yeridan Kelib toʻxtagan, uzilib qolgan jo-yidan (biror ish, xatti-harakat haqida).  Ana endi uyquni qolgan yeridan olavering.. S. Siyoyev, „Yorugʻlik「 .

Sinonimlari

Antonimlari

ЕР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

yer
1 земля, земной шар; // земной; Yer Quyosh atrofida aylanadi Земля вращается вокруг Солнца;  yer shari земной шар;
2 земля; суша;  yer planetamizning oltidan bir qismini tashkil qiladi суша составляет одну шестую часть нашей планеты;
3 земля, почва, грунт; // земельный; почвенный; грунтовой;  qattiq yer твёрдая земля, твёрдый грунт;  qora tuproq yer чернозём;  quriq va boʻz yerlar целинные и залежные земли;  yer bilimi землеведение;  rayon yer boʻlimi районный земельный отдел;  kam yer dehqon малоземельный крестьянин;  yer islohoti земельная реформа;  yer osti suvlari подземные, грунтовые воды;  yer egaligi землевладение;  yer qimirlash(i) землетрясение;  yer ochmoq поднимать целину;  yer tuzish землеустройство;  yer tuzuvchi землеустроитель;  yer oʻlchovchi землемер;  yerdan foydalanish землепользование;  yer boylikning onasi boʻlsa, otasi - mehnat посл. если земля - мать богатства, то труд - его отец;  yer haydash пахота;  yer haydasang - koʻz hayda, kuz haydamasang - yuz hayda посл. если пахать, так осенью, упустил - паши сто раз;
4 земля, пол;  yerda yotmoq лежать на земле; лежать на полу;  yerdan uzib boʻlmaydigan yuk ноша, которую невозможно оторвать от земли (пола);  yerga tushgan yetimniki погов. (букв. что упало на землю, принадлежит сироте) что свозу упало, то пропало;
5 место; местность;  bu yer это место; данная местность;  bu yerga сюда;  bu yerda здесь, тут; на этом месте, в этой местности;  bu yerdan отсюда, от (из) этого места; из этой местности;  u yer то место; та местность;  u yerga туда; на то место; в ту местность;  u yerda там; на том месте; в той местности;  u yerdan оттуда; из того места; из той местности;  shu yerda здесь, тут, тут же; на этом месте; на этой местности;  shu yerdan отсюда, от (из) этого места; из этой местности;  oʻsha yerga туда, туда же; на то место; в ту местность;  oʻsha yerda там, там же; на том месте; в той местности;  oʻsha yerdagi тамошний;  har yerda везде, всюду, повсеместно;  har yerdan отовсюду, совсех мест;  bir yerga toʻplanmoq собираться (скапливаться) в одном месте;  dala yer дачная местность;  ochiq yer открытая местность;  haq yerini topar посл. правда найдёт своё место;  daraxt bir yerda koʻkaradi посл. дерево растет (только) на одном месте;  

  • yomon yer недостаток, изъян;  buning hech bir yomon yeri yoʻq в этом нет ничего плохого;  noliydigan yerimiz yoʻq нам не на что жаловаться; у нас нет причины жаловаться;  yerga kirib ketmoq провалиться сквозь землю (от стыда);  yerga qoʻymoq (или bermoq предавать земле (похоронить);  yuzini yerga qaratmoq осрамить (кого-л.);  yerga urmoq охаивать;  yer tishlab yotmoq лежать ничком (не имея сил встать - о больном);  yer oʻpib sajda qilmoq пресмыкаться (перед кем-л.);  yer tagidan (или ostidan) qaramoq смотреть исподлобья; soʻzni (или iltimosni)  yerda qoldirmoq оставлять (чью-л.) просьбу без внимания, не обращать внимания на (чьи-л.) слова; gapni (или soʻzni, maslahatni)  bir yerga qoʻymoq сговориться; договориться;  yer yongʻoq арахис, земляной орех;  yer tuti разг. клубника,  yer choy бот. лапчатка;  yer qalampir хрен;  yer qoʻnoq бот. змеевик.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads