Samarra
From Wikipedia, the free encyclopedia
Samarra (arabcha: , Sāmarrāʾ) Iroqdagi shahar. Shahar Saladin muhofazotida, Dajlaning sharqiy qirgʻogʻida, Bagʻdoddan 125 kilometer (78 mi) shimolda joylashgan. Hozirgi Samarra shahri 836-yilda abbosiylar xalifasi Muʼtasim tomonidan yangi maʼmuriy poytaxt va harbiy baza sifatida tashkil etilgan[1]. 2003-yil holatida shahar aholisi 348,700 nafarni tashkil qilgan. Iroq fuqarolar urushi davrida Samarra qarshilikning „sunniy uchburchagi“da edi.
Qisqa faktlar Samarra سَامَرَّاء, Mamlakat ...
Samarra سَامَرَّاء | |
---|---|
Shahar | |
34°11′45.240″N 43°53′8.448″E G O | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Saladin muhofazoti |
Aholisi (tax. 2003) |
348,700 |
Yopish
Samarra arxeologik obʼekti hanuzgacha tarixiy shaharning asl rejasi, meʼmorchiligi va badiiy yodgorliklarining katta qismini saqlab qolgan[2]. Shahar 2007-yilda UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[3].