Vozrojdeniye
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vozrojdeniye – yana bir nomi Uygʻonish oroli[1] Orol dengizining markaziy qismidagi orol. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida. 1961-yilga qadar maydoni 216 km² boʻlgan. Bu orol Orol-7 yoki Kantubek biokimyoviy poligoni joylashgani bilan mashhur. Eng baland joyi 56 m. Yer yuzasi tekislik boʻlib, qum va qumoqlardan tarkib toptan. Doʻig qumlar uchraydi. Doimiy oqar suv yoʻq, daraxt oʻsmaydi. Choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan yulgʻun, shoʻra, oqbosh, qoʻshbarg, yantoq kabilar qumli, oʻtloqi-taqir va shoʻrxok yerlarda tarqalgan. 1961-yildan Orol dengizi sathining muttasil pasayib borishi natijasida Uygʻonish orolining maydoni ayniqsa shimoli-gʻarb va janubi-gʻarb tomon kengaydi. Yangi vujudga kelgan quruqlik asosan qumlikdan iborat boʻlib, nihoyatda shoʻr. Bu yerda siyrak holda bir yillik shoʻralar (qora shoʻra va qizil shoʻra), goho yulgʻun va qorabaroq uchraydi. Vozrojdeniyeda aholi yashamaydi.
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 216 va 550 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 38 m. |
Ma'muriyat | |
Davlat | Oʻzbekiston va Qozogʻiston |
Mintaqa | Qoraqalpogʻiston |
Demografiya | |
Aholisi | 0 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Uygʻonish orolida Orol-7 yoki Kantubek shahri joylashgan boʻl, biologik qurollar uchun labaratoriya joylashgan.
2008-yilda yarimorolning Oʻzbekiston qismida geologik qidiruv ishlari (neft va gaz konlarini qidirish) amalga oshirildi. Pudratchi „PetroAlliance“ kompaniyasi, buyurtmachi Oʻzbekiston hukumati hisoblanadi.
Orol dengizi sayozlashib, orolning hajmi kattalashib bormoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomonidagi Vozrojdeniye oroli 2001-yilda sayoz suv orqali materik bilan bogʻlangan va uni allaqachon yarim orol deb atash mumkin edi. Qurgʻoqchil yillarda (masalan, 2014-yil) Sharqiy Orol butunlay qurigan, shunga mos ravishda Uygʻonish davrining sharqiy chegarasi xaritadan butunlay oʻchirilgan va sobiq orol Orolqum tarkibiga kirgan.