AFC Osiyo Kubogi 2011
From Wikipedia, the free encyclopedia
2011-yilgi AFC Osiyo kubogi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan erkaklar oʻrtasidagi Osiyo Kubogining 15-turniri boʻldi. Final oʻyinlari 2011-yilning 7-29-yanvar kunlari Qatarda boʻlib oʻtgan[1][2]. Bu turnirga Qatar davlati ikkinchi marta mezbonlik qildi, bundan avvalgi 1988-yilgi Osiyo kubogida ham turnirga mezbon boʻlgan. Final oʻyinida Yaponiya terma jamoasi Avstraliya jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib kubokni qoʻlga kiritdi va AFC vakili sifatida Braziliyada boʻlib oʻtadigan 2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan[3][4].
2011 كأس آسيا | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Qatar |
Sana | 7-29-yanvar |
Jamoalar | 16 (1 ta konfederatsiyadan) |
Bellashuv joylari | 5 (2 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Yaponiya (4-marta) |
2-oʻrin | Avstraliya |
3-oʻrin | Janubiy Koreya |
4-oʻrin | Oʻzbekiston |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 32 |
Gollar soni | 90 (har oʻyinda oʻrtacha 2.81 ta) |
Muxlislar soni | 405 361 (har oʻyinda oʻrtacha 12 668 ta) |
Toʻpurar(lar) | Koo Ja-cheol (5 gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Keisuke Honda |
Feyr-pley jamoa | Janubiy Koreya |
← 2007 2015 → |
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikadagi 80 mamlakatda 484 milliondan ortiq inson televezion efir orqalik va stadiondagi tomoshabinlar finalda Yaponiya Avstraliyani 1:0 hisobida magʻlub etganiga guvoh boʻlgan[5].