Aleksey Navalniy
Rossiya muxolifati yetakchisi va siyosiy mahbus (1976–2024) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksey Anatolyevich Navalniy (ruscha: Алексей Анатольевич Навальный; 1976-yil 4-iyun, Butin [ru], Odinsovo tumani,[1][2] Moskva viloyati, SSRI[4][5][6] – 2024-yil 16-fevral) – rossiyalik siyosat va jamoat arbobi,[1][2] yurist,[7] invest-faol,[8][9] Aeroflot kompaniyasi direktorlar kengashi sobiq aʼzosi[10]. Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat arboblardan[9][11][12]. RosPil, RosYama, RosJKX kabi qator antikorrupsiya loyihalarini yaratgan. Navalniy Rossiya parlamentida koʻpchilikni tashkil etuvchi Birlashgan Rossiya partiyasini keskin tanqid qilib, unga internetda keng tarqab ketgan „muttaham va oʻgʻrilar partiyasi“ («партия жуликов и воров») degan laqab qoʻydi[13]. 18-iyul kuni Kirov shahrining Lenin tumani sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi[14]. Sud hukmining ertasiga chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi[15].
Aleksey Navalniy (Алексей Навальный) | |
---|---|
Navalniy 2011-yilda | |
„Kelajak Rossiyasi“ partiyasi raisi | |
Mansab davri 2019-yil 28-mart – 2021-yil 17-yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Ivan Jdanov („Kelajak Rossiyasi“ partiyasi Markaziy Kengashi kotibi sifatida) |
Rossiya Muxolifati Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 2012-yil 22-oktyabr – 2013-yil 19-oktyabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-iyun 1976-yil Butin [ru], Odintsovskiy tumani[1][2], Moskva viloyati, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
16-fevral 2024-yil(2024-02-16) (47 yoshda) |
Turmush oʻrtogʻi |
Yuliya Navalnaya (turm. 2000–2024) [3] |
Bolalari |
qizi Daria Alekseevna Navalnaya oʻgʻli Zaxar Alekseevich Navalniy |
Onasi | Lyudmila Navalnaya |
Otasi | Anatoliy Navalniy |
Mukofotlari | |
Imzosi | |
Vebsayti | navalny.com |