From Wikipedia, the free encyclopedia
Avliyo (arabcha: ), birlik shakli valiy (arabcha: — «muqaddas»[1]) — tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan oʻzini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz oʻgiruvchi kishi. Avliyo soʻzi "aziz" soʻzi bilan birga ham ishlatiladi. Masalan, "aziz-avliyolar" tasavvufda oʻzining kashf-u karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, pir-u murshidlarga nisbatan qoʻllanadi. Islom an’anasida avliyolar qaysidir bir ishi, xizmati yoki hislati tufayli Allohga yaqin boʻlib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. Avliyolar paygʻambarlar darajasidan keyin turadi. Islom aqidasi boʻyicha avliyolar har qancha kashf-u karomatga ega boʻlishiga qaramasdan bir oddiy paygʻambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Avliyolarning mozorlarini ziyorat qilib ruhiy ozuqa olish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.[2]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.