From Wikipedia, the free encyclopedia
Heroku bir qator dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlaydigan PaaS bulutli platformasidir. U 2010-yildan buyon Salesforce.com ning shoʻba kompaniyasi hisoblanadi . Ilk bulutli platformalardan biri sanaladigan Heroku 2007 yilning iyun oyida paydo boʻlgan. Dastlab faqat Ruby dasturlash tilini qoʻllab-quvvatlagan. Ammo hozirda Java, Node.js, Scala, Clojure, Python, Go, Ruby va PHP kabi platformalar tillarini oʻqiy oladi. Heroku serverlarida Debian yoki Ubuntu[1] operatsion tizimlaridan foydalaniladi[2].
2007-yilda Heroku kompaniyasiga Jeyms Lindenbaun, Adam Wiggins va Orion Genrilar asos solishgan. Undan maqsad esa Rack ga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan. 2010 yilning 8 dekabrida Salesforce.com Herokuni sotib oladi va uni shoʻba kompaniyasiga aylantiradi. 2011-yilning 12-iyulidan Ruby dasturlash tilining muallifi Yukixiro Matsumoto kompaniyada yetakchi muhandis [3] sifatida faoliyat yurita boshlaydi. Xuddi shu oyda Heroku Node.js va Clojure ni qoʻllab-quvvatlashni joriy qiladi. 2011yilning 15-sentabrida Heroku va Facebook birgalikda „Facebook uchun Heroku“ yangi variantini taqdim etishdi[4][5]. Heroku maʼlumotlar omborini boshqaruvchi asosiy dastur — PostgreSQL dan tashqari, yana Cloudant,Membase, MongoDB va Redis[6], kabi tizimlarni ham qoʻllab-quvvatlay boshladi.
Herokuda ishlaydigan ilovalar DNS serveridan ham foydalanadi (odatda ilovalar nom_ilova.herokuapp.com kabi domen nomiga ega). Har bir dastur uchun bir nechta mustaqil virtual jarayonlar ajratiladi, ular „dynos“ deb ataladi. Ular bir nechta serverlardan tashkil topgan maxsus virtual tarmoq („dynos grid“) orqali taqsimlanadi [7] . Heroku Git [8] versiyasini boshqarish tizimiga ham ega.
2012-yilda Shimoliy Amerikada boʻlgan kuchli iyun toʻfoni tufayli Herokuda qator ilovalarning faoliyati toʻxtab qoldi, ammo kirish 24 soatdan kamroq vaqt ichida qayta tiklandi[9].
Heroku IT bozorida NoSQL ning eng koʻp yechimlarini taqdim etayotganini, u shuningdek „poliglot platformasi“ ham hisoblanishini taʼkidlamoqda. Heroku „Dow Jones FASTech 50 start-ups to Watch“ roʻyxatiga kiritilgan. Gartner[10] tomonidan 2010-yilning aprel oyida Herokuga „Cool Vendor in Application Platforms as a Service“ maqomini berildi. Heroku, shuningdek, ReadWriteWeb tomonidan chop etilgan „Top 10 Cloud Computing Services for 2010“ („2010-yil uchun eng yaxshi 10 ta bulutli xizmatlari“) roʻyxatidan ham joy oldi[11].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.