Python
umumiy maqsadli ommabop dasturlash tili From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[4]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.
Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[5].
Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[6] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan[7].

Remove ads
Sintaksisi
Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻzgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi oʻzgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita oʻzgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:
x, y = y, x
Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:
def function():
x = "Jimbo"
y = "Wales"
return x, y
Salom, dunyo!
# -*- coding: utf-8 -*-
print("Salom, dunyo!")
Remove ads
Ishlatilishi
Web dasturlash
- Zope — CMS yaratish uchun server va veb dasturlar qilish uchun dastur.
- Django — web dasturlash muhiti.
- Turbogears — web yaratish qilish uchun dastur.
- CherryPy — web yaratish qilish uchun dastur.
- Plone — saytni muhofaza qilish uchun dastur.
- Mailman — „Rassilka“ yaratish uchun dastur
- MoinMoin — viki — dvijok internet va intranet uchun
- PlanetPlanet — RSS oqimini sindikatsiyalash
Grafika
- Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur
Pythonni ishlatadigan dasturlar
- Wikipedia — botlarni yozish uchun ishlatadi.
- Civilization IV — Yaxshi strategiya oʻyin.
Pythonni ishlatadigan kompaniyalar
Remove ads
Yana qarang
- PyCharm
- Python dasturiy taʼminot fondi
- Python funksiyalari
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads