From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustafo Abduljemil Jemilev (qrim tatarcha: , ukraincha: Мустафа Джемілєв; 13-noyabr 1943-yil , Ai-Serez, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR) — sovet inson huquqlari faoli va dissidenti, ukrainalik siyosatchi, Qrim-tatar milliy harakati yetakchilaridan biri, 1991—2013-yillarda Qrim-tatar xalqi majlisi raisi boʻlgan[1].
Mustafo Abduljamil Jemilev | |
---|---|
Ukraina Prezidentining Qrim-tatar xalqi ishlari boʻyicha komissari | |
Mansab davri 2014-yil 20-avgust – 2019-yil 18-may | |
III - V va VI - IX chaqiriq Ukraina xalq deputati | |
Mansab davri 1998-yil 12-may – 2007-yil 15-iyun | |
Qrim-tatar xalqi majlisi raisi | |
Mansab davri 1991-yil 6-iyul – 2013-yil 27-oktyabr | |
Oʻtmishdoshi | Yangi tashkil etilgan |
Vorisi | Refat Chubarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-noyabr 1943-yil Mijrichchia, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Yevropa birdamligi (2014-yildan beri) |
Bolalari | Bir qizi, ikki oʻgʻli |
Kasbi | Dissident, huquq himoyachisi, siyosatchi |
Dini | Sunniy Islom |
Mukofotlari |
Siyosiy qarashlari va antisovet faoliyati tufayli Jemilev universitetdan haydalgan va yetti marta bir necha aybdorlik ishlari bilan sudlangan. Hammasi boʻlib u oʻn besh yil qamoqda oʻtirdi. 1966—1967, 1969—1972, 1974—1975, 1975—1976, 1983—1986-yillarda mahbus boʻlgan va 1979—1982-yillarda Yakutiyada boʻlinmada xizmat qilgan. SSSRda inson huquqlarini himoya qilish tashabbuskor guruhining asoschilaridan biri va aʼzosi. Ukraina mustaqilligi eʼlon qilinganidan keyin Jemilev Ukraindagi siyosiy jaroyonlarga qoʻshildi. 1998-yildan — Ukrainaning III, IV, V, VI, VII, VIII va IX chaqiriq xalq deputati, bir necha oʻnlab qonun loyihalari muallifi, Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari, milliy ozchiliklar va millatlararo munosabatlar qoʻmitasi aʼzosi (1998-yildan), deportatsiya qilingan xalqlar, milliy ozchiliklar va siyosiy qatagʻon qurbonlari masalalari boʻyicha qoʻmita raisi (2003—2007), etnosiyosat, Ukrainadagi mahalliy xalqlari va milliy ozchiliklarining huquqlari, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻyicha quyi qoʻmita raisi (2012-yil dekabrdan) vazifalarini bajargan.
2014-yilgi Qrim voqealari paytida Jemilev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlagan va Qrimning maqomi boʻyicha referendumni tan olmadi. 2015-yil oxirida u yarimorol blokadasi tashkilotchilaridan biri sifatida harakat qildi[2].
Mustafo Jemilev 1943-yil 13-noyabrda Qrimning nemislar tomonidan bosib olinishi davrida Qrim ASSRning Sudak viloyatidagi Ay-Serez (hozirgi Mesopotamiya) qishlogʻida tugʻilgan[3].
1944-yil 18-mayda Jemilevlar oilasi butun Qrim-tatar xalqi bilan birgalikda Qrimdan Oʻzbekiston SSRga deportatsiya qilindi. Jemilev oʻn ikki yoshigacha oilasi bilan Andijon viloyatida maʼmuriy nazorat ostida yashagan. 1955-yilda ular Andijon shahriga koʻchib oʻtadilar, keyingi yili esa oliasi bilan Mirzachoʻlga (hozirgi Guliston shahriga) koʻchib keladi. Mustafo 1959-yilda oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetiga (boshqa maʼlumotlarga koʻra, arab tili va adabiyoti fakulteti) oʻqishga kirishga harakat qildi, biroq qrim tatarlarini oʻsha davrda universitetga qabul qilishda norasmiy taqiqlangani sababli, universitetga kirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Universitetga kirish muvaffaqiytasiz yakunlangach keyinchalik Toshkentdagi aviasozlik zavodida tokar, mexanik keyinchalik esa elektromontyor boʻlib ishladi.
1962-yilda bir necha urinishdan soʻng Jemilev Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi muhandislari institutiga oʻqishga kirdi. 1965-yilda u „millatchi“ „XIII-XVIII asrlarda Qrimdagi turkiy madaniyatning qisqacha tarixiy tavsifi“ asari va Qrim tatarlarining deportatsiyasini tanqid qilgani uchun oʻqishdan haydalgan.
1966-yil may oyida u harbiy hizmatga chaqirildi, ammo xizmat qilishdan bosh tortdi va buning uchun 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, 1967-yil noyabr oyida ozod qilindi[4].
1969-yilda yangi tashkil etilgan „SSSRda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tashabbus guruhi“ning asoschilaridan biri boʻldi.
1969-yil sentyabrida „Sovet davlati tuzmi va jamiyat hayotini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni tuzgan va tarqatgan“lik aybi bilan hibsga olingan va 1970-yil 12-yanvarda Toshkent sudida uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
1972-yilda ozodlikka chiqgach, sovxozda muhandis boʻlib ishlagan.
1974-yil iyun oyida u harbiy tayyorgarlikdan boʻyin tovlaganlikda ayblanib, hibsga olinib, bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. 1975-yilda qamoq muddati tugashiga uch kun qolganida mahkumlar orasida sovet davlati va jamiyat tuzumini obroʻsizlantiradigan uydirmalarni tarqatish aybi bilan unga qarshi yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Norozilik sifatida u ochlik eʼlon qildi, ammo naycha orqali majburan oziqlantirilgan xolatida bu oʻn oy davom etdi. 1976-yil aprel oyida Omsk viloyat sudi uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu sud jarayoni Andrey Saxarov xotiralari kitobida tasvirlangan[5][6].
1977-yil dekabr oyida ozodlikka chiqib, Toshkent shahrida yashagan.
1979-yil fevral oyida u jamiyatdagi maʼmuriy nazorat qoidalarini qasddan buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. U toʻrt yilga Yakutiya surgunga hukm qilindi.
1983-yil fevral oyida u surgundan ozod qilindi va xotini va bolasi bilan Qrimga koʻchib oʻtdi, lekin uch kundan keyin u yerdan ham haydalib, Yangiyoʻl shahriga kelib yashadi, mexanik sifatida faoliyat olib boradi. U Musa Mamut nomidagi Qrim tatarlari tashabbus guruhining noqonuniy axborot byulleteni nashr qilishni boshladi.
1983-yil noyabr oyida u beshinchi marta hibsga olindi va sovet davlat tuzumini obroʻsizlantiradigan hujjatlarni toʻplash va tarqatish, shuningdek, Qrimda oʻlgan otasini dafn etishga urinayotganda tartibsizliklarni rejalashtirish va uyushtirishda ayblangan. Toshkent viloyati sudi tomonidan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 1986-yilda unga nisbatan qamoqda saqlash joylari maʼmuriyatining qonuniy talablariga qasddan boʻysunmaslik aybi bilan yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 1986-yil dekabr oyida Magadan viloyati, Uptar qishlogʻida boʻlib oʻtgan sudda u uch yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va sud zalidan ozod qilindi.
1987-yil aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Qrim-tatar milliy harakati tashabbus guruhlarining birinchi Butunittifoq konferensiyasida u harakatning markaziy tashabbus guruhiga saylandi[4].
Yuriy Bekirovich Osmonov boshchiligidagi Qrim tatarlarining ancha konservativ Milliy harakati va Mustafo Jemilev boshchiligidagi OKND guruhlari oʻrtasida jiddiy, fundamental kelishmovchiliklar mavjud edi. NDKT Leninning 1921-yilgi farmoni bilan Qrim ASSR milliy davlatchiligini tiklashdan manfaatdor edi va SSSR partiya va davlat rahbariyatining yordamiga umid bogʻladi, OKND esa sovet tuzumiga keskin qarshilik koʻrsatdi va oʻz milliy davlatchiligini yaratishga umid qildi. Bu kelishmovchiliklar birinchi navbatda milliy harakatning boʻlinishiga, soʻngra 1991-yildan soʻng milliy harakatning siyosiy maydondan deyarli yoʻq qilinishiga olib keldi[7][8].
Milliy kurashning maqsad va usullari haqida ikki yetakchining qarashlari butunlay boshqacha edi. OKND zudlik bilan millatchilik mafkurasini qabul qilib, radikal harakatlarga kirishdi. Qrimdagi yerlarni egallab olishga tayyorgarlik koʻrish, hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi turish va hokazo amalga oshirish zarur edi. Qurultoyda shuningdek Qrimda Qrim tatarlarining milliy davlatini yaratishni yakuniy maqsad deb eʼlon qildi, barcha yer va suvlar faqat Qrim-tatar xalqining mulki ekanligini taʼkidladi va aslida Qrimning boshqa barcha aholisini noqonuniy musofirlar va ikkinchi darajali fuqarolar deb hisoblashdi. Qurultoy harakatni boshqaradigan maxsus organ — Qrimning millatchi hukumati sifatida harakat qila boshlagan Qrim-tatar xalqi majlisini tuzdi. NDKT, aksincha, Qrim-tatarlarning tarixiy vatanlariga qaytishi xalq uchun yangi fojiaga aylanib qolmasligi, qonli toʻqnashuvni qoʻzgʻatmasligi uchun yoʻl topishga harakat qildi. Yuriy Osmonov radikal muxoliflarni bir lahzalik siyosiy muvaffaqiyatga intilayotganlikda aybladi, buning natijasida qrim tatarlari oʻz yerlarida chaqirilmagan mehmonga aylanishi mumkinligini hisobga olgan edi. U OKNDdagi raqiblari oʻz xalqining kelajagi haqida qaygʻurishdan koʻra koʻproq hokimiyatga oʻrnashish va foyda olish istagida ekanligiga amin edi[9].
Ikki rahbar va ularning tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqaradigan ya na bir holat bor edi: Osmonov Jemilevni KGB agenti deb hisoblagan va bu harakatni parchalash va yoʻq qilish uchun kiritilgan va shuning uchun har qanday imkoniyatda „provokator“ni fosh qilishga harakat qilgan. Majlis tarafdorlari ham tushkinlikk tushib qolmay, Osmonovning ruhiy kasal ekanlig haqida mish-mish tarqatishdi[9]. Ayni paytda Jemilev harakatning radikal qanoti rahbari sifatida nafaqat Qrim tatarlarining katta qismidan, balki Gʻarbda — ayniqsa Turkiya tarafidan ham qoʻllab-quvvatlandi va u yerda milliy qahramon sifatida qabul qilindi. Jemilev sharafiga turk shaharlarining maydonlari va koʻchalari nomlandi va u uzoq vaqt davomida butun dunyo uchun Qrim-tatar harakatining yagona ramzi edi[9].
1990-yil oktyabr oyida Yuriy Osmonov Qrim viloyat ijroiya qoʻmitasining deportatsiya qilingan xalqlar qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi (hozirgi Reskomnatlarning prototipi). Osmanov qoʻmatini aslida noldan tashkil topishida himat qildi va faoliyatni boshlashida muhim oʻrin tutdi. Yuriy Osmonovning Qrimdagi siyosiy faoliyati unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. U Qrim rahbariyati bilan kelgan qrim tatarlarini joylashtirish boʻyicha kelisha olmadi. 1991-yil mart oyida u Qrim maʼmurlari Qrim tatarlarini Qrimga deportatsiya qilingan joylardan qaytarish uchun SSSR byudjetidan ajratilgan mablagʻlarni suiisteʼmol qilishiga qarshi chiqqani uchun Deportatsiya qilingan xalqlar ishlari boʻyicha qoʻmitadan chetlashtirildi.
1989-yilda Jemilev va uning oilasi Qrimga, Boqchasaroy shahriga qaytib keldi. Bundan sal avval u sirtdan Qrim-tatar milliy harakati (OKND) tashkiloti markaziy kengashining raisi etib saylangan edi. 1991-yil iyun oyida mahalliy hokimiyat koʻmagida Qrim-tatar xalqining Qurultoyi chaqirildi. Shu bilan birga, ushbu tashkilotning prezidiumi (ijro etuvchi organi) ham saylandi. 2013-yil noyabrigacha Qrim-tatar xalqi Majlisini Mustafo Jemilev boshqargan. Majlis rahbari sifatida u Qrimda yashovchi qrim-tatarlar orasidagi muxoliflarga, xususan, Milli Firka va Qrim tatarlari milliy harakati (NDKT) faollari hisoblangan Ismoil Gasprinskiy tarafdorlari[10][11] bilan ham kurashgan.
1990-yillarning oʻrtalarida Jemilev Ukraina Xalq Ruxi partiyasi (NRU) bilan yaqin aloqalar oʻrnatdi. 1998-yilgi parlament saylovlarida NRU partiya roʻyxati boʻicha Ukraina Oliy Radasining xalq deputati etib saylangan. 2002-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina“ blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi, unga „Xalq Ruxi“ partiyasi ham kiradi. 2006-yilgi Ukraina parlament saylovlarida u yana „Bizning Ukraina“ partiyasidan Ukraina Oliy Radasining deputati boʻldi. 2007-yilgi saylovlarda Jemilev „Bizning Ukraina — Oʻzini oʻzi mudofaa“ xalq blokining saylov roʻyxati boʻyicha parlamentga saylandi. 2012-yilgi saylovlarda u „Batkivshchina“ partiyasi roʻyxati boʻyicha parlamentga kirdi va u yerda partiyasizlar roʻyxatiga safiga qoʻshildi[12]. Ukraina Oliy Radasida u oʻzini armanlar genotsidini inkor etishning murosasiz tarafdori sifatida koʻrsatdi, xususan, armanlar genotsidini Oliy Rada orqali tan olish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishga urinishni keskin tanqid qildi[13].
2000-yillarning oʻrtalaridan beri u oʻzini Majlis rahbari lavozimidan ketish istagi haqida bir necha bor matbuotda gapirgan, ammo 2007-yildagi navbatdagi Qurultoyda isteʼfoga chiqishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sababi oʻzining va tarafdorlarini qoniqtirgan yagona nomzod edi. Jamilevdan soʻng Refat Chubarov 2013-yilning noyabr oyidan buyon parlament raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Yevropa birdamlik partiyasi nomidan 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida qatnashgan (partiyaviy roʻyxatda 6-oʻrinda[14]).
Tashqi mediafayllar | |
---|---|
2014-yil bahorida Jemilev Qrimning Rossiyaga qoʻshilishiga keskin qarshi chiqdi, ammo bu boradagi tajribasi tufayli dastlab norozilik chaqiriqlaridan oʻzini tiyadi.
11-mart kuni u "Qrim Rossiya tarafidan anneksiya qilingan taqdirda, Rossiya bilan bir paytlar Chechenistonda boʻlgani kabi qonli toʻqnashuvlar vujudga kelish xavfi borligini aytdi[15].
12-mart kuni Jemilev Moskvada Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyev bilan uchrashdi[16]. Bu yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan. Putin Jemilev bilan uzoq vaqt telefon suhbati oʻtkazdi, shundan soʻng Jemilev ommaviy axborot vositalariga, xususan, Vladimir Putin, uning soʻzlariga koʻra, Qrim tatarlari bilan haddan oshib ketmaslik haqida buyruq berganini aytdi[17]. Baʼzi ommaviy axborot vositalariga koʻra, xususan, Iryna Herashchenko, Jemilevning Qrim tatarlarini tinchlantirishdagi yordami evaziga Putin Mustafoning oʻgʻli Xayzerni ham qamoqdan ozod qilishga vaʼda berdi[18].
14-mart kuni NATO shtab-kvartirasida Yevropa tashqi harakatlar xizmati vakillari va NATO yetakchilari bilan uchrashgan Jemilev Qrimga BMT tinchlikparvar qoʻshinlarini joylashtirishga chaqirdi hamda yevropalik diplomatlar va NATO vakillarini yaqinlashib kelayotgan referendumdagi natijalarni hisobga olmaslikka chaqirdi[19]. 17-mart kuni Jemilev Izmirda oʻsha davrdagi Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan ham uchrashdi[20].
Qrim Respublikasi Rossiya tarkibiga kirgandan soʻng, Jemilev Rossiya hukumati unga Qrim hududiga kirishni taqiqlaganini aytdi[21].
31-mart kuni Litva va Ukraina tashabbusi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining norasmiy yigʻilishida soʻzga chiqqan Jemilev maʼlum bir hududning oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasini faqat tub aholi hal qilish huquqiga ega ekanligini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Qrimdagi referendumda haqiqiy ishtirokchilar bosqinchi hokimiyat daʼvo qilganidek, 82 foiz emas, atigi 32,4 foizni tashkil etgan[22].
Aprel oyi boshida Jemilev Turkiya hukumatidan Bosfor boʻgʻozini rus harbiy kemalari oʻtishi uchun yopish va turk flotini yarimorol qirgʻoqlariga joʻnatish, „bosqinchi oʻzini bunchalik ishonchli his qilmasligi uchun“ barcha choralarni koʻrish kerakligini aytdi. Turkiya tomoni esa bu qadamlarning birinchisi yuk tashish boʻyicha xalqaro shartnomalarga zid ekanligini, ikkinchisi esa NATO aʼzosi sifatida bu keskinlik kletirib chiqarishini aytib oʻtdi.
22-aprel kuni Mustafo Jemilev Qrimni tark etgach, 2019-yil 19-aprelgacha boʻlgan muddatga „Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat bermaslik toʻgʻrisida bildirishnoma“ ni taqdim etdi. 23-aprel kuni Simferopol shahrida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMS) Qrim Respublikasida joylashgan vaqtinchalik guruhi rahbari oʻrinbosari, FMSning Novosibirsk viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Yuriy Zvyagintsev „FMSning bu hodisaga aloqasi yoʻq“ligi haqida bayonot berdi[23].
Biroq, may oyining boshida Jemilev Qrimga kira olmadi. Moskva — Simferopol reysi bilan Qrimga borishga harakat qilgan Jemilev Kiyevdan Moskvaga keldi, biroq unga kirishga ruxsat berilmaganini aytib, pasport nazorati punkti orqali mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi[24]. Ukrainaga qaytib, Jemilev Armyanskdagi nazorat punkti orqali Qrimga qaytishga harakat qildi. Bu urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Armyansk-Xerson avtomagistralini OAV va boshqa maxsus kuchlar, Ural avtomashinalari va zirhli texnikalar bilan toʻsib qoʻygan edi. Jemilev bilan uchrashgan qrim tatarlari OAV zanjirini yorib oʻtishdi, ammo Jemilevni Qrimga olib kela olmadilar[25].
Jemilev unga 2019-yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangani haqida bir necha bor aytilganligini tasdiqladi, ammo u bu masala boʻyicha biron bir rasmiy hujjat olmaganini taʼkidladi[26].
1-sentabr kuni Refat Chubarovning xabar berishicha, avgust oyida FSB xodimlari Qrimdagi kitob doʻkonlari va xususiy savdogarlar doʻkoniga bostirib kirib, bir qancha kitoblarni musodara qilgan. Ular orasida 2014-yilda qrimlik tarixchi Gulnora Bekirova va Mustafo Jemilev tomonidan nashr etilgan kitob ham bor edi[27].
2014—2019-yillarda Mustafo Jemilev Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning Qrim-tatar xalqi ishlari boʻyicha vakolatli vakili sifatida faoliyat olib bordi[28][29]. U Xerson viloyatining bir qator tumanlarini Ukraina tarkibidagi Qrim avtonom respublikasiga aylantirishni taklif qildi[30][31].
26-fevral kuni Jemilev Ukraina prezidenti Poroshenkoni yarim orolni energiya va oziq-ovqat taʼminotidan uzib, Qrimni toʻliq blokadaga olishga chaqirdi[32].
Sentyabr oyida Jemilev Ukraina tomonidan Qrimning iqtisodiy blokadasi tashabbuskorlaridan biri boʻldi[33].
21-yanvar kuni Simferopolning Kiyevskiy tuman sudi Jemilevni sirtdan hibsga oldi[34]. Federal qidiruvga berilgan Mustafo Jemilevga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining terrorizm va Rossiyada davlat xavfsizligi asoslariga putur yetkazish va uni kuch bilan yiqitish bilan bogʻliq uchta moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi[35].
2018-yilning 1-noyabrida Ukrainaning 322 nafar fuqarosiga Qrim ishlari boʻyicha, jumladan Mustafo Jemilevga ham[36] nisbatan Rossiya sanksiyalari joriy etildi.
2016-yilda Rossiya Tergov qoʻmitasi Jemilevni 2014-yilning may oyida Qrimga noqonuniy kirishga urinish, shuningdek, oʻq-dorilarni noqonuniy sotib olish va oʻqotar qurolni ehtiyotsizlik bilan saqlash, bu uning boshqa shaxs tomonidan qoʻllanishi ehtimolini yuzaga keltirganlikda ayblandi. Bu ishlar keyinchalik 2020-yil iyun oyida sudga topshirildi[37].
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.