From Wikipedia, the free encyclopedia
„Snowman“ – avstraliyalik qoʻshiqchi Sianing qoʻshigʻi. Qoʻshiq 2017-yil 9-noyabrda Sianing sakkizinchi musiqiy albomidan ikkinchi singl sifatida joy oldi[1]. Qoʻshiq uchun olingan videoklip esa 2020-yil 30-oktabrda chiqqan boʻlsa, videoklipning ikkinchi qismi 2022-yil 22-dekabrda taqdim etildi.
„Snowman“ | ||||
---|---|---|---|---|
Sia qoʻshigʻi | ||||
„Everyday Is Christmas“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 9-noyabr 2017-yil | |||
Davomiyligi | 2:45 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) | Greg Kurstin | |||
Sia singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Snowman“ YouTubeda "Snowman - Part II" YouTubeda |
„Snowman“ tanqidchilarning ijobiy sharhlariga sazovor boʻldi. Ularning baʼzilari uni Everyday Is Christmas albomidagi eng yaxshi singl deb atashdi. Qoʻshiq 2020-yil noyabr oyida TikTokda juda mashhur boʻlib ketdi[2][3].
„Snowman“ qoʻshigʻi Sia hamda u bilan tez-tez hamkorlik qilib turadigan Greg Kurstin tomonidan yozilgan. Trek 2 daqiqa 45 soniya davom etadi[4].
"Snowman" 2017-yil 7-noyabrda Sianing ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida premyera qilingan. 2017-yil 9-noyabrda esa Everyday Is Christmas albomining ikkinchi singli sifatida raqamli yuklab olish va translatsiya qilish uchun chiqarilgan[5][6][7]. Sia The Ellen DeGeneres shousida va The Voicening serialining oʻn beshinchi mavsumining finalida „Snowman“ qoʻshigʻini ijro etgan[8][9].
Slant Magazine qoʻshiqni „oʻtkinchi romantikaga“ deb taʼrifladi[10]. Slate uni Everyday Is Christmas albomidagi eng yaxshi qoʻshiq deb atadi[11]. NME esa qoʻshiqning TikTok remiks versiyasini ajoyib chiqqanini eʼtirof etdi[12].
Qoʻshiq shuningdek, The Athletic, Esquire, Cosmopolitan tomonidan chop etilgan barcha davrlarning eng yaxshi Rojdestvo qoʻshiqlari roʻyxatiga kiritilgan[13][14][15][16].
2020-yil 30-oktabrda YouTubeda rejissyor Lior Molcho tomonidan suratga olingan „Snowman“ videoklipining premyerasi boʻlib oʻtdi[17]. 2022-yil 22-dekabrda esa Molcho rejissyorligidagi videoning ikkinchi qismi taqdim etildi[18].
Haftalik chartlar |
Yillik chartlar
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.