Turkish Airlines
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkish Airlines (turkcha: Türk Hava Yollari, oʻzbekcha: Turk Havo Yo'llari) – Istanbulda joylashgan Turkiyaning yirik aviakompaniyasi. Kompamiya Yevropa , Osiyo , Afrika va Amerikadagi 220 ta xorijiy va 42 ta mahalliy aeroportlarga muntazam reyslarni amalga oshiradi. Turkish Airlines 120 mamlakatga parvoz qiladi, bu boshqa barcha aviakompaniyalarga qaraganda koʻproq[1]. Aviakompaniyaning asosiy markazi – Yangi Istanbul aeroporti, Istanbul (IST), ikkinchi darajali markazlar – Esenbogʻa xalqaro aeroporti, Anqara (ESB) va Izmir (OTB).
| |||||||
Tashkil topgan | 1933-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Baza aeroporti | TurkiyaIstanbul Aeroporti | ||||||
Havo tuguni |
TurkiyaAnqara Esenbog'a TurkiyaAntaliya Turkiya Izmir | ||||||
Alyansi | Star Alliance | ||||||
Park hududi | 308 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 292 | ||||||
Bosh qarorgohi | Turkiya Istanbul | ||||||
Xodimlar soni | 31,543 (2017) | ||||||
Sayti | http://www.turkishairlines.com/ |
2006—2007-yillarda aeroport orqali 17 milliondan 19,7 milliongacha yoʻlovchi tashilgan[2]. Aviakompaniyada 31 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2008-yil 1-aprelda aviakompaniya Star Alliance aʼzosi boʻldi[3].