Usain Bolt
From Wikipedia, the free encyclopedia
Usain St. Leo Bolt 1986-yil 21-avgustda tugʻilgan nafaqadagi yamaykalik sprinter boʻlib, u barcha davrlarning eng buyuk sprinteri hisoblanadi. U 100 metr, 200 metr va 4 × 100 metrga estafeta boʻyicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Sakkiz karra Olimpiya oltin medali sohibi Bolt, ketma-ket uchta Olimpiyadada (2008-2012—2016-yillarda), Usain Bolt 100 m va 200 m masofaga yugurish boʻyicha Olimpiada chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona sprinter hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, u ikkita 4 × 100 estafetada yugurush orqali oltin medalini qoʻlga kiritgan. U 2008-yilgi Pekin Olimpiyadasida oʻzining ikki karra sprint boʻyicha jahon rekordidagi gʻalabasi tufayli Bolt dunyo miqyosida shuhrat qozondi.
Usain Bolt | |
---|---|
Bolt 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
1986-yil, 21-avgust Yamayka Sherwood Content, |
Boʻyi | 1.95 m[1] |
Vazni | 94 kg[2] |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Murabbiy(lar)i | Glen Mills[3] |
Usain Bolt 2009-yilda 100 m masofani 9,58 soniyada bosib oʻtgan — bu elektron vaqtni hisoblash boshlanganidan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Usain Bolt ikki marta 200 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordini yangiladi, 2008-yilda 200 m masofani 19.30 soniyada va 2009-yilda esa 19.19 soniyada bosib oʻtgan. U yamayka terma jamoasiga 4 × 100 metrga estafeta yugurish boʻyicha uchta jahon rekordini oʻrnatishga yordam berdi, hozirgi rekord 2012-yilda oʻrnatilgan boʻlib 36.84 soniyani tashkil etadi. Boltning eng muvaffaqiyatli musobaqasi 200 m masofaga yugurush uchta Olimpiya va toʻrtta jahon chempioni. 2008-yilgi Olimpiada uning 100 m dan oshiq xalqaro debyuti edi; U avvalroq 200 m masofada koʻplab medallarni qoʻlga kiritgan (jumladan, 2007-yilgi Jahon chempionati kumushi) va 2021-yilda Erriyon Knightondan oʻzib ketgunga qadar 20 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida jahon rekordlarini oʻrnatgan.
Uning sprinter sifatida erishgan yutuqlari unga OAVda „Chaqmoq“ laqabini berdi va uning mukofotlari orasida IAAF (xalqaro havaskor atletika federatsiyasi) tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi mukofotini qoʻlga kiritdi shu bilan birgalikda Bolt yilning eng yaxshi yengil atletikachisi, BBC xorijdagi yilning eng yaxshi sport shaxsi mulofotini ham (uch marotaba) qoʻlga kiritdi. Yilning eng yaxshi sportchisi uchun Laureus World Sport mukofotiga (toʻrt marotaba) erishdi. Bolt Time jurnalining 2016-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan[4]. Bolt 2017-yilgi Jahon chempionatidan soʻng nafaqaga chiqishga qaror qildi, u oʻzining soʻnggi yakkaxon 100 m poygasida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng 200 m masofaga yugurishni toʻxtatgan va shu yili 4 × 100 m estafetaning final bosqichida yugurayotga paytida jarohat olgan va shu bilan nafaqaga chiqdi.