Vasabi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vasabi (yaponcha :ワサビ,わさび, yoki 山葵, Eutrema japonicum) yoki yapon otqulog‘i[1] Brassicaceae oilasiga mansub oʻsimlik. Oʻsimlikning vatani Yaponiya va Rossiyaning Uzoq Sharqi[2], Saxalin, Koreya yarim oroli[3]. Yaponiyadagi tog‘ vodiylaridagi daryolar boʻylab tabiiy ravishda oʻsadi.
O‘simlik o‘tkir ziravor tayyorlanadigan ildizpoyalari uchun oʻstiriladi. Uning taʼmi chili qalampiridan koʻra issiq xantal yoki xrenga oʻxshaydi, tildan koʻra koʻproq burunga ta‘sir qiladi, ammo yangi maydalangan vasabi juda aniq taʼmga ega[4]. Bozordagi ikkita asosiy nav E. japonicum 'Darumaʼ va 'Mazumaʼ sotiladi[4].
Vasabining oziq-ovqat sifatida ishlatilishh haqidagi eng qadimgi yozuvi miloddan avvalgi VIII asrga toʻgʻri keladi[5]. Ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda vasabining mashhurligi sushining keng tarqalishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi[6].