From Wikipedia, the free encyclopedia
Sultonov Xayriddin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻi) – yozuvchi, publitsist, davlat va jamoat arbobi.
Xayriddin Sultonov | |
---|---|
Chapdan oʻngga: Gʻulomjon Ibragimov, Ochilboy Ramatov, Xayriddin Sultonov, Shavkat Mirziyoyev, Abdulaziz Komilov | |
3-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijodiy ishlar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2002-yil 4-noyabr | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Asqar Meliboyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-yanvar 1956-yil Toshkent |
Mukofotlari |
1963-1973-yillarda Parkentdagi oʻrta maktabda oʻgidi. 1973-yilda Toshkent Davlat jurnalistika fakultetiga oʻgishga kirib, 1978-yilda uni muvaffaqiyatli tugalladi. Talabalik yillaridayoq ijodiy tashkilotlarda ishlay boshlagan Xayriddin Sultonov 1974–1980-yillarda .Guliston, 1982-1985-yillarda ,,Yoshlik" jurnallarida, 1980-1982-, 1985–1993-yillar orasida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida turli lavozimlarda mehnat qildi. 1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat koʻrsatmoqda. X.Sultonov – nasrda yozuvchi Asqad Muxtor asos solgan ijodiy martabning vakili. Talabalik yillaridayoq badiiy ijod bilan jiddiy shugʻullangan X.Sultonovning, „Chol“ nomli dastlabkí hikoyasi XX asrning yetmishinchi yillarida „Toshkent oqshomi“ gazetasida bosilgan. Yosh yozuvchi „Guliston“ jurnalida ishlab yurganida bevosita Asqad Muxtordan badiiy ijod sirlarini oʻrgandi. Adibning, „Quyosh barchaga barobar“ (1980), „Bir oqshom ertagi“ (1983), ,"Onamning yurti" (1987), „Umr esa oʻtmoqda“ (1988), ,"Boburning tushlarí" (1992). „Yoʻqchilik va toʻqchilik“ (1995), „,Boburiynoma“ singarí hikoya, qissa va romanlari mavjud. Xayriddin Sultonov ,,Saodat sohili", „,Yozning yolgʻiz yodgori“, ",Koʻngil ozodadur, „Ajoyib kunlarning birida singari qissalari bilan adabiyot rivojiga hissa qoʻshgan. X.Sultonov ssenariychi sifatida ,Changak“. "Moziydan bir sahifa kabi telefilmlar hamda ,Tushlarimda koʻrib yigʻlayman, „Yolgʻiz yodgor“ singari badiy filmlar ham yaratgan. X.Sultonov dunyo adabiyotining eng sara asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Uning Y. Nagibin, V. Shukshin singari rus yozuvchilari ijodidan qilgan tarjimalari mavjud[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.