Abdusalom Azizov
Oʻzbek harbiy rahbari, general-leytenant From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович; 20.01.1960, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi[2][3].
2019-yil 15-iyuldan 2025-yil 21-yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi[4][5].
Remove ads
Biografiyasi
1981—1982 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatchilik qismi xodimi.
1982—1986 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.
1986—1989 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tergovchisi, katta tergovchisi.
1989—1997 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, uslubiy-nazariy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[6].
1997—1998 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1998—2001 — Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001—2002 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi[7].
2002—2006 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi.
2006—2008 — „Oʻzneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi.
2008—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi.
2008—2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2008—2009 — O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti va „Mashʼal“ futbol klubi prezidenti[8].
2009—2017 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[9]. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.
2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[10]. 2019-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
2019—2024 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi[11].
2024-yil 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazilgan[12]. 4-dekabr kuni O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi[13]
2019-yil 15-iyuldan 2025-yil 21-yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads